Ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasining 1/8 finalida kutilmagan holat ro‘y berdi. Mazkur o‘yinda Latviyaning “Gintra Universitetas” “Barcelona”ni qabul qilgandi.

Mazkur o‘yindagi vaziyatlardan birida “Barcelona” himoyachilarining xatosi tufayli latviyaliklarning uch nafar futbolchisi ochiq qolgan raqib darvozasiga gol urish imkoniga ega bo‘lishdi. Ammo bir-biriga xalal berishda va birin-ketin yiqilib tushishdi. Oqibatda “Barcelona” a’zosi to‘pni tepib yuborishga ulgurdi.

Yakunda “Barcelona” raqibini 6:0 hisobida mag‘lub etdi.

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2017-11-26 21:36:27