Yulduz bo'la olmayotgan qahramon, yoxud ter Stegenni qachon tan olishadi?

Mart oyida "Barcelona" "PSG"ni 3:0 hisobida mag'lub etayotgan edi, keyin esa Cavani javob to'pini kiritib kataloniyaliklarni turnirdan chiqarib yuborgandek edi. "Ko'k-anor" rangli futbolkadagi yigitlar bir zumda yo'q bo'lib ketishdi, ammo ularning sukunati ortidan birdan ter Stegenning: "Biz hech qachon o'lmaymiz! Biz barchamiz - "Barca"miz! Biz yutamiz! Biz yutamiz!" degan hayqirig'i eshitildi.

Mascherano umidsizlik bilan Busquetsga qarab, sekingina: "Bizning Marc aqldan o'zganga o'xshaydi" deb qo'ydi. Ikki daqiqadan so'ng ter Stegen birga -bir vaziyatga chiqib ketgan Cavanining zarbasini qaytardi, agar o'sha payt u dubl qilganda, kataloniyaliklar indamay maydondan chiqib ketishlari mumkin edi.  Biroq buning o'rniga "Barca" uyg'ondi, o'yinni tinchlantirdi va ikkita gol urdi. Bu hisob klubni qoniqtirmas edi, shuning uchun 95-daqiqada ter Stegen o'z darvozasi haqida unutgan holda, hujumga tashlandi. Maydon markazida esa uni Verrati turtib yubordi va jarima zarbasi belgilandi, voqeaning davomini esa barcha biladi: nafis uzatma, Robertoning ajoyib chiqishi va "Blaugrana"ning tarixiy qaytishi!

O'yindan so'ng esa butun dunyo dubl qayt etgan va hal qiluvchi uzatmani bergan Neymarni hamda "taxtda" sura'tga olingan Messini muhokama qilishdi. Ter Stegenning hissasi esa nimagudir tezda unutilib ketti.

Tarixiy "comeback"dan bir yarim oy o'tgach "Barcelona" "Bernabeu"ga tashrif buyurdi. Clasico aqlbovar qilmas darajada bo'ldi, ter Stegen esa 12 ta seyvi bilan klubning 2003/04-yildagi rekordini yangiladi. Marc o'yinning asosiy yulduzi bo'lishi mumkin edi, biroq uni yana Messi to'sib qo'ydi. Argentinalik so'ngi daqiqalarda darvoza to'riga hal qiluvchi golni joylab qo'ydi va futbolkasini havoga osgan holda, bosh sahifadan o'rin oldi. Shunday qilib "Barca" darvozaboni yana bir bor munosib shuhratidan chetlab o'tdi.

Iyun oyida Germaniyaning yarimi yoshlardan iborat bo'lgan tarkibi Rossiyaga, Konfederatsiyalar kubogi musobaqasi uchun tashrif buyurdi va uni osonlik bilan qo'lga kiritdi. Finalda chililiklar Ter Stegen darvozasi tomon 22 marta zarba berishdi (8 tasi aniq), lekin u darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va o'yinning eng yaxshisi bo'lish imkoniyatini buyurtma qilib qo'ydi. Ushbu sovrin esa boshqalarining ichida yoqolib qoldi: Bravo turnirning eng yaxshi darvozaboni bo'ldi, Draxler esa turnirning eng yaxshi futbolchisi sovrini oldi. Shunday qilib u yana qorong'u soya ostida qolib ketti.

U allaqachon superyulduz deb sanalishi kerak edi, biroq hali ham oddiy darvozabon maqomidan qutilganicha yo'q. Germaniyada Noyer hukmdorlik qiladi, Transfermarket reytingida - Oblak, De Xea va Kurtua, OAVda esa - Donarumma. Ter Stegen esa hech qayerda yo'q, ammo uning fojiali hatolari bilan bog'liq videolar YouTubeda 2,5 milliondan ziyod kuzatuvlarga ega.

Ter Stegenni buyukligini ko'pchilik tan olmasligi uchta tushuntirishlarga ega:

1. Odamlar "Barca"ni darvozaboni zo'r bo'lishiga o'rganishmagan. Victor Valdes 10 yil dan ortiq darvozada turgan, lekin uning ornida oddiy qordan yasalgan qorbobo turganda ham jamoa yiliga bemalol kamida 3 marta chempion bola oladi deb oylashgan.

2. Marcning eng yaxshi mavsumi (2016/17) Luis Enrique davriga tog'ri keldi. Jamoa ikki yirik musobaqadan ayrilgan edi, shuning uchun hech kim darvozabonni yaqindan kuzatib o'tirmadi.

3. Ter Stegen muntazam ravishda kulguli gollar o'tkazib turadi: maydon markazidan, oyoqlari orasidan, himoyachining uzatmasini qabul qila olmasdan. Eski gunohlarni endi berkitib va esdan chiqarib bo'lmaydi.

Marcning ishonchligi faqatgina masofadan seziladi. Optaning so'ngi qaytarilgan zarbalar foizi reytingida  78% bilan uchinchi o'rinni egalladi. Birinchi - o'rinni Sergi Asenjio "Villareal"dan (81%), ikkinchi o'rinni esa - Manuel Noyer "Bavariya" (79%) egallashdi. Qizig'i shundaki, Asenjio va Noyerning save qilish ko'rsatkichlari ter Stegennikidan pastroq edi. Manuel 51 ta zarbani, Asenjio - 68 ta zarbani, ter Stegen esa - 122 ta zarbani bartaraf etgan edi. Bir tomondan, bu Kataloniya jamoasi himoyasining bo'shligini isboti bo'lsa, boshqa tomondan - nemis darvozabonining haqiqiy buyukligidir.

Pep Guardioladan, "City"ning o'yin uslubiga qaysi darvozabon ko'proq mos keladi deb so'rashganda, u o'ylab o'tirmay: "Noyer, Bravo va ter Stegen", - deya javob bergan. Uning bunday hurmatini yuqori baholamasdan iloji yo'q, chunki u odatda, oldin birga ishlagan yoki hamkorlik qilgan futbolchilarni maqtaydi. Marc bilan ular to'qnash kelishmagan, shunday qilib murabbiyni ikkiyuzlamachilikda tutib bolmaydi.

Xulosa: Marc hali yosh, u jamoa bilan may oyida 2022-yilgacha shartnoma imzolagan edi, nemis darvozaboni bu vaqt ichida bemalol dunyoning 1-raqamli darvozaboni bo'lishga va boshqa yulduzlarning soyasidan chiqib ketishga ulguradi.

www.fcb.uz

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
#6 ad2002
2018-01-11 13:16:40
ter stegen bo'lmaganda jamoa yutquzardi
2018-01-10 21:51:02
Shtegenga gap yoq bu mavsumda fantastik natija korsatmoqda
#4 bek55
2018-01-10 20:35:43
Nimaga sayit buncha sust
2018-01-10 17:45:19
Oz qoldi...
#2 Akmal
2018-01-10 15:28:56
Bu tabiiy, ammo oz qoldi. U ham jahon chempionatlarida, terma jamoa bilan xalqaro musobaqalarda koproq kubiklarni qolga kiritishi kere. Hali yosh, unda yetarlicha vaqt va imkoniyat bor. U nomer 1 bo'ladi. Oz qoldi.
#1 Barc1
2018-01-10 13:37:16
Men uni tan olaman u nomer1.