La Liga
11.02.2018 | 20:15
23-tur

"Barcelona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde ertangi "Getafe"ga qarshi o'yin oldidan intervyu berib o'tdi.

— Bu o'yin ham muammolarsiz bo'lmaydi, "Getafe" ulkan mavsumni boshidan o'tkazmoqda, ular yaxshi himoya tashkil qilishmoqda. Ular bu mavsum yaxshi taasurot qoldirishmoqda.

Biz Dembelega katta ishonch bildirmoqdamiz, u qaytdi, umid qilamizki, u o'z harakteri bilan bizga ko'p yordam beradi. U hozir o'zini yaxshi his qilmoqda, asta sekinlik bilan o'yinga qo'shilib boradi.

"Valencia"ga qarshi o'yin hali hamon bizni hayolimizni tark etgani yo'q, shu sabab, bu o'yinda biz ehtiyotkor bo'lishimiz kerak. Bu jamoa shunday jamoaki, ularni mag'lub qilish qiyin.

Yerry Mina o'ynashga tayyor, u boshqa futbolchilar kabi o'ynashga haqli, u o'zining debyut o'yinida oz bo'lsa ham imkoniyatga ega bo'ldi.

Vermaelen sog'ayishning so'nggi bosqichida turibdi, u keyingi xaftadan safimizga yana qaytadi, Piqueda esa oz bo'lsa ham muammolar bor, ko'ramiz kuzatamiz, ertaga u asosiyda tushish tushmasligi ertaga hal bo'ladi. Bu muhim o'yin. — dedi Valverde.

www.fcb.uz

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2018-02-11 13:23:27
shu realchila ozginaa ğalati buladi
#2 davrbek
2018-02-11 03:25:24
Reamchilar 5:2 hisobida ğalaba qilib Barsachilar kuyyapti dib yozishyapti tomi ketkanmi ularni oxirgi marta qachon ğalaba qilganini eslolmaydiku biz kuymaymiz kuydiramiz 19 ochkolik farqni 2 ta ream ham yõqqa chiqarolmaydi
#1 Xusik
2018-02-10 20:59:16
Omad Barsa