“Barcelona” klubi yarim himoyachisi Filippe Coutinho Portugaliya fuqaroligini olish uchun hujjat tayyorlamoqda, deya xabar qilmoqda Mundo Deportivo nashri.

Braziliyalik futbolchining ushbu mamlakat pasportini olishga huquqi bor, chunki uning turmush o‘rtog‘i Portugaliya fuqarosi hisoblanadi. Juftlikning nikoh qurganiga uch yildan oshdi va Portugaliya qonunlariga ko‘ra, Coutinho ushbu davlat fuqaroligini olishi mumkin.

Agar futbolchi portugal pasportini oladigan bo‘lsa, “Barcelona” yana bir Yevropa ittifoqi pasportiga ega bo‘lmagan legioner futbolchi sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Primera qoidalariga ko‘ra, jamoa asosiy tarkibida uchtadan ortiq Yevropa Ittifoqi pasportiga ega bo‘lmagan futbolchi bo‘lishi mumkin emas. Kataloniyaliklar klubida esa bu joylar Coutinho, Paulinho va Yerri Mina kabi futbolchilar bilan band.


Manba: www.championat.com

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
#2 kkk72
2018-02-15 14:58:21
brazil boladimi portugalmi barca uchun xissasini qoshsin shahxsiy hayoti oziga bogliq
#1 Umititi
2018-02-14 13:08:46
siyosiy ishlarga qiziqmayman