La Liga
11.03.2018 | 00:45
28-tur

Bugun, bizning vaqt bilan soat 00:45da "Barcelona" jamoasi mexmonda "La Rosaleda" stadionida "Malaga" mexmoni bo'ladi, bugun biz turnir peshaqadami va so'nggi o'rinda borayotgan autsayder jamoa bilan o'yin guvohi bo'lamiz, to'g'ri bu o'yinda intriga bo'lmasligi mumkin, lekin jamoamiz bugun uch ochko uchun maydonga tushadi, raqiblar esa turnirda jon saqlash uchun astoydil urinishadi. Ularga hozir "Barca"ga qaraganda uch ochko zarurroq. Shu sabab bugun jamoamizga hotirjamlikga berilishga erta... Jamoamizni qo'llab quvvatlang ! O'yinni o'zimizning "Futbol TV" kanali jonli efirda olib beradi. OLG'A BARCA !!! FORCA BARCA !!! VISCA BARCA !!! O'yinning prevyusi bu yerda...


Tarkiblar

"Malaga": Roberto, Ricca, Miguel, Hernandes, Rosales, Chery, Iturra, Lacon, Samuel, Rolan, En-Nesyri

"Barcelona": Ter Stegen; Roberto, Pique, Umtiti, Alba; Coutinho, Busquets, Rakitic; Paulinho, Suárez, Dembélé


MATNLI TRANSLYATSIYA

00:24 Assalom Alaykom, qadrli futbol ihlosmandlari, bugungi "Malaga" va "Barcelona" o'rtasidagi o'yinni siz bilan sharxlab boramiz, kamina MaJnuN_9350 bu ishni amallashga harakat qilaman...

00:27 Bugungi o'yinda Lionel Messi ishtirok eta olmaydi, u bugun farzandli bo'ldi, Iniesta ham jaroxat sabab o'ynay olmaydi, shu sabab bugun jamoamiz sardori Sergio Busquets

00:33 Stadionga muhlislar tashrif buyurishni boshlashdi, futbolchilar ham o'yinga tayyor, jamoamizga bugungi o'yinda omad tilab qolamiz... FORCA BARCA !!!

00:40 O'yin boshlanishiga 5 daqiqa qoldi, Futbol TVda esa allaqachon translyatsiya start oldi... 

00:42 Futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda, bir necha daqiqalardan so'ng o'yinga start beriladi...

***

01' O'YIN BOSHLANDI... omad yor bo'lsin 0-0 !!! O'yinni mezbonlar boshlab berishdi

02' O'yin boshlanishidan "Barca" tempni qo'lga olmoqda, ular o'yin tizginini qo'lga olishmoqchi

03' "Barcelona" ilk xujumni amalga oshirdi, Paulinho raqibdan to'pni olib qo'ydi va xujumga o'tdi, Dembelening uzatmasini darvozabon egallab oldi

7' Mezbonlar ham o'z uylarida tashabbusni qo'lga olishga urunishmoqda, lekin ularning mahorati kam ekanligi bilinmoqda

12' Dembele o'zining driblingini ohiriga qadar tugata olmayabdi, bu o'yinda jamoamiz hozircha raqib himoyasini yorib o'tishga qiynalishmoqda

14' XAVFLI VAZIYAT !!! Paulinho Suarezni deyarli birga bir vaziyatga chiqardi, Suarez ajoyib tarzda himoyachini aldab zarba berdi, darvozabon to'pni qaytardi

15' GOOOOOOOOOL 0-1 LUIS SUAREZZZZZ, Alba Suarezga ajoyib golli uzatmani havodan oshirdi, Suarez esa hotirjam to'pni bosh bilan darvozaga yo'lladi...

19' "Barcelona" hotirjamlikga berildi, raqiblar ham yaxshi qarshi xujumga chiqayotgan edi, yaxshiyamki raqib futbolchisi o'yindan tashqari holatda edi

21' Paulinho ham ajoyib imkoniyatga ega bo'ldi, u to'pni tepgunicha qulay vaziyat yo'qga chiqdi va to'p darvozaga tashqaridan tegdi.

23' Sal qolsa, Umtitining xatosi evaziga "Barca" o'z darvozasidan gol o'tkazishi mumkin edi, himoyachilar to'pni qaytarishdi

24' Luis Suarez yaqqol birga bir chiqib borayotgan edi, hakamlar o'yindan tashqari holatni qayd etishdi, ammo Suarez  o'yindan tashqari holatda emas edi, hakamlar xatoga yo'l qo'yishdi

27' "Barcelona" futbolchilari haqiqiy jamoaviy o'yin namoyish qilishmoqda

28' GOOOOOOOOOOOL COUTINHO 0-2 Dembele unga asistentlikni amalga oshirdi, Coutinho esa yana chiroyli gol urdi 0-2

30' Raqib futbolchisi Samuel Garciaga tog'ridan to'g'ri qizil kartochka, u ochiqachasiga Albani tepgan edi, Alba jiddiy jaroxat olgan ko'rinadi

32' Pique ajoyib zarba berdi, darvozabon bir amallab to'pni ushlab oldi, hakam qoida buzarlikni qayd etdi, mezbonlar foydasiga

34' Rakitic to'pni himoyada raqiblardan olib qo'ydi, ajoyib xujum tashkil bo'layotgan edi, Rakiticning zarbasi biroz noaniq

36' Mezbonlarda yaqqol xavfli vaziyat !!! Bu yerda hatto Ter Stegen ham hech narsa qila olmay qoldi, omad biz tomonda bo'ldi.

38' Dembeledan zarba, darvozabon ham bu to'pga ulgurmadi, to'p darvozaga borishni hohlamadi

41' Raqib futbolchisi deyarli butun himoyamizni aldab o'tib zarba berdi, to'p noaniq ketdi

43' XAVFLI VAZIYAT !!! "Barca" futbolchilari bu xujumda ajoyib kombinatsiyani amalga oshirishdi, Paulinho himoyachini aldab yolg'iz turgan Coutinhoga to'pni oshirgan edi, darvozabondan seyv

45' "Barca" futbolchilari to'pni bir birlariga oshirib vaqtni o'tkazishmoqda

45+ Birinchi bo'limga hakam +1 daqiqa qo'shib berdi

Tanaffus: hozircha xisob 0-2

46' Ikkinchi bo'lim start oldi, jamoamizga omad yor bo'lsin...

48' Dembele ham o'z golini urishni hohlamoqda, to'p tushishi bilan zarba berishni ko'zlamoqda

50' Jarima zarbasi belgilandi, Suarez tepgan to'p jonli devorga tegib qaytmoqda...

54' O'yin shiddati butkul tushib ketgan "Barcelona" futbolchilari ko'proq o'yinda yurib harakatlanishmoqda

58' Mezbonlar bitta gol ilinjida xujumlarga o'tishmoqda, "Barca" deyarli qarshi xujumga ishonib o'ynamoqda

63' O'yin Ter Stegen darvozasi tomon bir necha daqiqaga qaytdi, raqiblar xujumlar ketidan xujumlar qilishmoqda

65' XAVFLI VAZIYAT ! DEMBELE to'pni to'xtatmay ajoyib va aniq tarzda pastki burchakga zarba berdi, darvozabon to'pga ulgurdi

69' Coutinho va Suarez ajoyib kombinatsiya uyushtirishgan edi, ammo hal qiluvchi zarbaga kelganida Suarezning omadi kelmadi

71' Maydonga 26677 muhlis tashrif buyurgan

74' Sergi Roberto o'rniga Andre Gomes tushmoqda

75' Sal qolsa raqiblar xisobni qisqartirishlari mumkin edi, himoyachilar xujumchini himoyalamayotgan edilar, to'p noaniq ketdi.

77' Alba o'rniga Lucas Digne tushdi

82' Stadionda tinchlik hukmronlil qilmoqda, bu o'yinda hatto ularning ham uyqisi kelayotgan bo'lsa kerak, o'yin taqdiri allaqachon hal bo'lgani sabab o'yin chiroyli o'tmayabdi

85' Suarez yo'q joydan sariq kartochka ishlab oldi va keyingi "Athletic"ga qarshi baxsni o'tkazib yuboradi

85' Dembele o'rniga Aleix Vidal tushdi

87' "Barcelona" xujum uyushtirmay raqibni oldilariga chorlashmoqda

89' XAVFLI VAZIYAT !! Coutinho birga bir chiqib borishi mumkin edi, so'nggi pallada himoyachi ulgurdi

90' So'nggi daqiqalarga kelib raqiblar burchak  to'pi ishlab olishdi, raqiblar bugun maydonni bitta golsiz tark etish niyyatida emaslar

90+1 O'yinga hakam +2 daqiqa qo'shib berdi

90+2 "Barcelona" to'pni o'zlarida ushlab turishibdi

O'yin tugadi, g'alaba muborak 0-2

Sizlar bilan kamina "MaJnuN_9350" birga bo'ldi, jamoamizga omad yor bo'lsin, saytimizdan uzoqlashmang


YANGILASH

O'yinni quyidagi manzillar orqali ham tamosha qilishingiz mumkin: http://mediabay.uz | http://aleziya.com | http://livetv.sx | http://gooool.org |

www.fcb.uz

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2018-03-11 02:32:11
Bu latta trener allaqachon Aleiw bn Gomeshni sotib Barsa bdan uyinchila olsa bulardi
2018-03-11 01:45:44
Salom dostlar Man bu saytga yangiman dostlawip ketamiz degan umitdaman
2018-03-11 01:42:00
Dembele gol ursa edi tezroq shu uyinda
#8 doniyor
2018-03-11 00:44:32
5 -0 olģa barsa
#7 doniyor
2018-03-11 00:43:59
Dembele coutinho suarezdan gollar kutamiz
#6 jola_99
2018-03-11 00:29:23
BARCAGA OMADDDDDDDDDDDDDDDDDDDDDDD
2018-03-11 00:26:54
00:24 Assalom Alaykom, qadrli futbol ihlosmandlari, bugungi "Malaga" va "Barcelona" o'rtasidagi o'yinni siz bilan sharxlab boramiz, kamina MaJnuN_9350 bu ishni amallashga harakat qilaman...
2018-03-10 23:51:36
Tarkib yaxwi tanlanbdi bugun
2018-03-10 20:49:25
YAXSHI
#2 kkk72
2018-03-10 19:55:08
har minutta nima bovotgani yoziladimi shunda
2018-03-10 19:41:23
Bugun saytimizda matnli translyatsiya orqali kuzatib boring