"CHelsi"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Sesk Fabregas "Barselona"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida raqib hujumchisi Lionel Messiga muammo tug'dirishga harakat qilishini aytdi.

"Agar Messi bilan to'qnash kelish imkoni berilsa, uni ushlab qolish qiyin bo'ladi. Ammo u o'zini noqulay his qilishi va o'z vazifasini uddalamasligi uchun bor kuchimni ishga solaman.

Ha, bilaman, Messi g'alaba qozonmoqchi, biroq men ham shuni istayman. Biz turli jamoalardamiz va har birimiz o'z klubimiz uchun yaxshi bo'lishini istaymiz. Nima bo'lgan taqdirda ham bir-birimizni hurmat qilamiz" - deydi Fabregas.

www.fcb.uz

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak