Chempionlar ligasi
15.03.2018 | 00:45
Nimchorak final

"Barcelona" yarim himoyachisi Sergio Busquets "Chelsea"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashib o'tdi.

— Biz to'pga egalik qilishni hohlaymiz, biz bu o'yinda o'z imkoniyatlarimizdan maksimal darajada foydalanishimiz kerak.

Har doimgi kabi biz g'alaba uchun bu o'yinda maydonga tushamiz. Biz bor e'tiborimizni "Chelsea"ga qaratishimiz kerak. Ularning xujumchilari o'zgacha harakterga ega. Bu esa muhim. 

Biz bir jamoa bo'lib himoyalanishimiz kerak va o'zimizni ko'rsatishimiz kerak. Lekin biz buni unutishimiz kerak emas, ular ham bu maydonga o'ynash uchun kelishadi.

Biz o'yinni ko'ra bilishimiz kerak, o'zimizning mohirona tajribamizni ishga solishimiz kerak, ayyorlik bilan himoyalanish kerak emas.

Taktik jixatdan olib qaraydigan bo'lsak, ular yaxshi jamoalar. Har bir jamoaning o'zining alohida jixatlari bo'ladi. "Chelsea" esa qo'llarini himoyada qovushtirib o'tirish bilan birga to'pni nazorat qilishni ham biladi.

Messi bu o'yinga tayyor. Men bunga umid qilaman, u bu o'yinga har doimgidan ham ishtiyoq bilan tushadi. Men yana shunga umid qilamanki, u har doim qilgan ishlarini yana uddalaydi va bizga g'alabani olib keladi. — dedi Busquets.

www.fcb.uz

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2018-03-14 11:18:31
olga barca olga Messi
2018-03-14 10:02:36
Gazni bosinglar. Biz sizlar bilan...!!!
#2 527537
2018-03-14 09:42:09
Bu gapga qoshilmasdan iloj yoq
#1 IsMoiL
2018-03-14 08:39:21
Busketsning Messi haqidagi gapiga yuz foiz qowilaman