Chempionlar ligasi
15.03.2018 | 00:45
Nimchorak final

"Barcelona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Chelsea"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

— Bunday o'yinlarni taqdirini hal qilishi mumkin bo'lgan mayda elementlarni biz juda ham yaxshi bilamiz. Hozirgi natija biz uchun yaxshi ko'rsatkich, lekin uni himoya qilish bizga qiyin bo'ladi.

Willian erkin futbolchi sifatida bizga gol ura oldi. Biz unga bor e'tiborimizni qaratishimiz kerak, u ajoyib nishonga olish imkoniyatiga ega. U ochiqchasiga aytganda o'zining eng yaxshi mavsumlaridan birini o'tkazmoqda. 

Bunday o'yinda hech qanday sirli formulaga o'rin yo'q, bu o'yinda bizning tarkibda buyuk futbolchilar maydonga tushadi, ularga ishonamiz. Bu raqib ertaga bizga yetarlicha qiyinchilik tug'dira oladi, ular premier ligadagi qiyin o'yinlarda yetarlicha qarshi xujumdan dars olishgan. Ular bizga shu tarafdan katta muammo tug'dirishlari mumkin.

Ular darvoza tomon zarbalar yo'llashdan oldin yetarlicha bosimni bemalol amalga oshira oladilar. O'yin tizgini qanday bo'lishiga qarab ertangi o'yinda qaysidir jamoa tavakkal qilishiga to'g'ri keladi. Ular o'z uylarida ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Ular har qanday vaziyatda bizga gol urishlari mumkin. Bu o'yinda ularning murabbiyi qanday yo'l tutishini aniq bilmayman, lekin ular qanday reja tuzishlaridan qattiy nazar hammasi tablodagi natijaga asoslangan bo'ladi

Biz har doimgi o'yinimizni namoyish qilishimiz kerak. Biz o'z muhlislarimiz hurmati uchun ham g'alaba qozonishimiz kerak. Ular bu stadionga o'z jamoalariga g'alabasiga yordam berish uchun kelishadi.

Bugun Iniesta qanday holatda ekanligini butkul hal qilamiz. Albatta u bu o'yinda bizga juda ham muhim. Lekin biz u tayyormi yoki yo'q bunga 100% ishonch hosil qilishimiz kerak. Men u bilan kechroq suhbatlashaman.

Messi bu o'yinga astoydil tayyorlanayotganini guvohi bo'layabman. Chempionlar ligasi futbolchilarni juda ham ishtiyoqlarini oshirmoqda. — dedi Valverde.

www.fcb.uz

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
#3 asdfg
2018-03-15 00:28:20
Omad fcb
#2 VEGAS
2018-03-14 18:48:43
Yutamiz
2018-03-14 09:37:44
омадлар тилаймиз