Barcelonaning yana bir “oltin avlodi” .

Niderlandiyalik futbol afsonasi Johan Kreuf Barcelona klubinining akademiyasiga asos solganida uning niyati Barcelonaning o’z akademiyasidagi futbolchilar evaziga rivojlanishi va o’zini ta’minlay olishi edi. Va buning natijasida Barcelona o’yini falsafasini saqlab qolishi va uni "Mes Que Un Club" ya’ni “Klubdan ko’ra ko’proq” ga aylantirishi kerak edi. La Masia(Barcelona klubi akademiyasi)da tahsil olayotgan futbolchilar Barcelonaning falsafasiga mos kelishi majbur; to’p bilan erkin harakatlana olishi , doim pas bera olishi va eng asosiysi klub an’analariga rioya qilishi kerak.

La Masia akademiyasi tarbiyalanuvchilari hisoblangan Lionel Messi, Xavi Hernandes , Andres Iniestalar bir mavsumning o’zida “oltin to’p” mukofoti uchun asosiy nomzodlar hisoblangan .Va bu natijani qayt etgan yagona akademiya bu- La Masia.

Bu akademiya asr boshlarida dunyoga “oltin avlod”ni yetishtirib berdi . Bularga Victor Valdes, Carles Puyol, Gerard Pique, Sergio Busquets, Cesc Fabregas, Pedro va boshqalar kiradi. Va bu avlod futbol tarixidagi eng yaxshilaridan bittasi hisoblanadi.

Ammo so’ngi yillarda Barcelona o’z an’analaridan chetga chiqib qoldi va yosh futbolchilarga kamroq e’tibor bera boshladi. So’ngi yillarda faqatgina Sergio Roberto Barcelonada o’z o’rnini topa bildi va deyarli hamma o’yinlarga tushadigan bo’ldi.

Ammo mutaxasislarning fikricha Barcelonada yana bir yulduzli avlod paydo bo’lib kelmoqda va bulardan 5 ta eng mahoratlilarini sanab o’tamiz.

 

#5 Marc Cucurella

 

Marc Cucurella

Vatani Alella hisoblangan Marc Cucurella Barcelonaning Espanyoldagi yosh jamoasiga qo’shilishidan oldin futsalda o’ynagan . 2012 yilda esa Barcelona akademiyasiga qabul qilingan.

2016-17 mavsumda u Barcelona B jomoasining 17 o’yinida ishtirok etdi va Barcelona B ning Segundaga chiqishida juda katta rol o’ynadi. Cucurella asosiy jamoada 2017 yil Oktabr oyida Kubok musobaqasida Real Murcia jamoasiga qarshi o’yinda debyut qildi. U jarohatlanga Luca Digne o’rniga tushdi va Barcelona ushbu o’yinda 3-0 hisobida g’alaba qozondi. Ko’pgina mutaxasislarning fikricha Cucurella qanot himoyachisi Jordi Albaning o’rinbosari bola oladi. U Jordi singari juda tezkor va hujumdagi o’yinchilar bilan juda yaxshi kelisha oladigan futbolchi hisoblanadi. Hozirda Ernesto Valverde Luca Digne ga ko’p ishonmayapti , ammo Cucurella bu ishni kelasi mavsum amalga oshirishi mumkin. Joriy mavsumda u 1 ta gol urishga muyassar bo’lgan.

#4 Sergi Palencia

Sergi Palencia

Barcelona B jamoasi sardori Sergi Palencia qanot himoyasida juda ishonchli o’ynay oladigan o’yinchi hisoblanadi. U yaqqol o’ng qanot himoyachisi hisoblanadi va hozirda bu positsiyada Dani Alves ketganidan keyin hech kim to’liq o’rninini bosa olmayapti. Barcelona B ning asosiy o’yinchis hisoblangan Palaci ga hozirda juda ko’p top klublar xaridor bo’lmoqchi . Lekin Barcelona rahbarlari hozirda Sergio Robertoga ushbu positsiyada o’ynashga imkon bermoqda , ammo Sergio markaziy yarimximoyasi hisoblanadi , himoyachi emas.

#3 Oriol Busquets

Oriol Busquets

 

Juda ko’p mutaxasislar hozirda juda hayratlanadigan o’xshashlikka guvoh bo’lmoqda. Gap shundagi hozirda Barcelona B jamoasida to’p surayotgan Oriol Busquets o’zining familiyadoshi hisoblangan Sergio Busquets bilan juda katta o’xshashlikka ega . Familiyisidan tashqari ular akademiyada bir xil yo’lni bosib o’tgan va hozirda bir xil positsiyada harakatlanadi. U Sergio kabi bo’yi uzun hisoblanib , o’zining uzun oyoqlari evaziga raqib hujumlarini qaytarishda juda katta hajmdagi ishni bajaradi. Bundan tashqari u juda qiyin positsiyalarda turganiga qaramay 1-pas evaziga Barcelona hujumini orqadan boshlab berish qobiliyatiga ega va bu jihatdan u jamoa falsafasiga 100 foiz to’gri keladi.

#2 José Manuel Arnáiz

José Manuel Arnáiz

Arnaiz ning kelishi Barcelona B uchun juda past baholanayotgan edi . Ayniqsa Neymarnning PSJ ketishi va Filippo Countinho va Dembelening transferlari ortida ko’rinmay qoldi. Uni Real Valladolid klubidan olinishi eksperiment sifatida ko’rinilayotgan edi. Segunda da ancha tajriba to’plashga ulgurgan Jose Arnaiz huddi Marcos Asessio singari Barceonaga 3.4 mln yevro evaziga keldi. Va so’ngi 6 oy ichidagi fenomenal o’yini evaziga hozirda Arnaizni yevropaning juda ko’p granntlari o’z jamoalariga qo’shib olmoqchi.

Arsenal va Totenhem bu yosh mahorat egasiga o’z klublarida joy taklif qilmoqda . Arnaizning boshqa hujumchilaridan farqi shundaki u hujum chizig’ida istalgan pozitsiyada o’ynay olishi va juda kuchli zarbaga ekanligidir. U allaqachon assosiy jamoada o’ynashga ulgurdi va shu vaqtgacha 4 ta gol urdi.

 #1 Carles Aleñá

Carles Aleñá

Haqiqatni gapiradigan bo’lsak , Barcelona B jamoasining asosiy yulduzi hisoblayotgan Carles Alena Barcelonaning asosiy tarkibida o’ynay olish qobiliyatiga ega bo’lgan yagona akademiya o’yinchisi hisoblanadi. Uning 3 yil Barcelona B dagi faoliyati Barcelonaning asosiy tarkibiga kira olishiga katta turtki bermoqda. Uning hozirdagi tovon puli 75 mln yevro hisoblanadi.

U hoziga qadar Barcelona B ning 84 ta uchrashuviga , asosiy jamoada esa 7 ta o’yin o’tkazishga ulgurdi. U shu kunga qadar 21 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Shuning uchun ham uni Ernesto Valverde mavsumoldi o’rtoqlik uchrashuvlariga tushurdi .

Andres Iniestaning ketishi munosabati bilan , Alena asosiy jamoada uning o’rnini egallashga harakat qiladi. U allaqachon Barcelona B ning o’yinida ajralmas rolga ega bo’lib qoldi va u kelasi mavsum asosiy jamoada o’ynashni orzu qilmoqda.

Shakhboz

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2018-05-16 18:32:41
Valverde yaxshi trener lekin sa'l taktikani to'ri tanlomidi ba'zan. Barcelonani yoshlaridan ko'ra kottalani o'yini ancha yaxshi baribir!
2018-04-29 13:05:22
Deportivo bilan oyindan keyin barcha oyinlarga asosiy tarkibga akademiya vakillarini tushirish keraak. EL KASSIKODAN TASHQARI
2018-04-27 19:28:59
manga arnaizzi o'yini yoqqan
#1 971737
2018-04-27 14:19:27
Valverde barsani dushmani yoshlarga imkon bermaydi hechxam. Kelajak yoshlarni qo‘lida deyishadiku