“Barcelona” - futbol tarixidagi eng kuchli jamoalardan biri. Bu klubda har doim eng kuchli futbolchilar o‘ynashgan va ular individual sovrinlarga ega chiqishgan.

Biror murabbiy qaysidir jamoani o‘z qo‘liga oladigan bo‘lsa, ilk navbatda himoya chizig‘i haqida bosh qotiradi, keskin transferlar amalga oshiradi. Ba’zida muammolar yo‘qotiladi, biroq ayrim pallalarda himoya chizig‘i kuchaymaydi.

“Barcelona” esa har doim o‘z himoya chizig‘i bilan maqtana olgan va har vaqtda, har davrda eng kuchli himoyachilar to‘p tepganligi ayni haqiqat.

6. MIGEL BЕRNARDO

Migel Bernardo yuqori jismoniy kuchga ega bo‘lgan futbolchilardan biri bo‘lgan. Uni Tarzan deb atashgan. Migel “Barsa” tarkibida 20 yil professional faoliyatini o‘tkazdi va mashhurlikka erishdi. Jamoa tarkibida 549 uchrashuvda maydonga tushdi.

O‘zining shonli faoliyati davomida u LaLiga, UYEFA Kubogi egalari Kubogi, LaLiga kubogi hamda Ispaniya superkubogi kabi sovrinlarni qo‘lga kiritgan. 1978 va 1985 yillarda Ispaniyaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan.

U orqa chiziqda ishonchli va ajoyib o‘yin namoyish etardi. Unga tajovuzkor futbolchilar ham “da’vo” topa olmadi. O‘z vaqtida u nafaqat “Barsa”ning, butun dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri bo‘lgan.

5. DANI ALVЕS

Dani Alves Braziliyaning eng yaxshi himoyachilaridan biri va eng ko‘p sovrinni qo‘lga kiritgan futbolchi. Shuningdek, “Barselona”ning ham eng yaxshilaridan biri bo‘ldi. U “Barsa”ning oltin davridan oltin kashfiyotga aylandi.

U “Sevilya”dagi 6 yillik ajoyib faoliyatidan keyin, Kataloniya klubiga ko‘chib o‘tdi va jamoaning eng muhim futbolchisiga ayblandi.

U juda ko‘p bora hujumga o‘tsa ham, himoyaga qaytishga ulguradi. Jamoaning uradigan gollarida o‘z hissasini qo‘shardi, shuningdek, oldinroqda raqib hujumini qaytarishni ham uddalaydi.

Alves “Barselona” tarkibida 293 uchrashuvda qatnashib, 20 gol urgan va 74 bora assistentlik qilgan.

4. RAFA MARKЕS

Meksika milliy terma jamoasining sobiq sardori “Barselona”ning muhim futbolchilaridan biri bo‘lgan. Jonatan dos Santos bilan birgalikda Kataloniya klubining muvaffaqiyatlariga o‘z hissasini qo‘shdi.

U Ronald Kumanga o‘xshagan eng yaxshi himoyachilardan biri bo‘ldi. Markesni Ronald kabi qadrlashdi va o‘z vaqtida dunyoning eng yaxshi himoyachisi deb atashdi.

Markes raqibdan to‘pni toza olib qo‘ya olardi va jarima zarbalarini tepishda anchagina mahoratli bo‘lgandi. U “Barselona” tarkibida 7 yil harakat qildi va 163 uchrashuvda maydonga tushdi.

Rafa ayni damda Meksikaning “Atlas” jamoasi tarkibida faoliyatini olib bormoqda.

3. RONALD KUMAN

O‘z vaqtida Kumansiz “Barselona”ni tasavvur qilib bo‘lmasdi.

Avvaliga u “Ayaks”, keyin PSV va “Barselona”ning afsonasi bo‘ldi va shu tariqa faoliyatini yakunladi.

Ronald futbolchiligida barcha turnirlarda umumiy 647 uchrashuvda maydonga tushdi va 225 gol kiritdi. Ayni damda barcha himoyachilar uning natijalariga havas qiladilar. U jamoaga ishtiyoq bera olardi va futbolchini ruhlantirardi.

Kuman jarima zarbalarini amalga oshirish bo‘yicha ekspert bo‘lgan. “Barsa”dagi 106 golining katta qismini jarima to‘plaridan kiritgan. Shuningdek, uzun paslar orqali jamoadoshini raqib darvozaboni bilan birga bir vaziyatga chiqarib yubora oladigan qobiliyatlari bo‘lgan.

2. Gerrard Pique

Pike “Barselona” akademiyasi - “La Masiya”ning yorqin vakillaridan biri. Uzoq yillar davomida “ko‘k-anorranglilar”ning sharafini himoya qilib kelmoqda hamda har bir g‘alaba va sovrinlarda o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Bir necha mavsumda u afsonaviy Karles Puyol bilan birgalikda “Barselona”ning markaziy himoya tandemini hosil qildi va jamoaning gigant darajaga yetishi uchun jonini berib harakat qildi.

Pike “Barselona”da 2008 yildan buyon harakat qilmoqda va 274 o‘yinda 23 gol kiritdi.

1. KARLЕS PUYOL

Puyol - “Barselona”ning yuragi, qalbi, sardori bo‘ldi. U o‘zini, faoliyatini “Barselona”ga bag‘ishladi, faqatgina shu jamoada o‘ynadi.

Haqiqatdan ham, usiz “Barselona”ni tasavvur qilib bo‘lmay qolgandi. U faoliyatini yakunlaganiga uzoq muddat bo‘lmagani bois, futbolning ashaddiy muxlislari Puyolning qanday salohiyatga ega bo‘lganini bilishadi.

Uzunsochli kataloniyalik “Barselona”ning shonli g‘alabalarida ham, alamli mag‘lubiyatlarida ham birga bo‘ldi va shu jamoada faoliyatini yakunladi. Haqiqiy afsona!

Mirjalol Normatov tarjimasi

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak