“Barselona” hujumchisi Lionel Messi sobiq jamoadoshi, “PSJ” hujumchisi braziliyalik Neymarning “Real”ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga o'z munosabatini bildirdi.

“Neymarni “Real”da ko'rish dahshatning o'zginasi bo'ladi. Sababi u “Barselona” uchun muhim ahamiyatga ega. U biz bilan katta sovrinlarni yutdi – ECHL, La liga. Bu biz uchun og'ir zarba bo'ladi. Qolaversa, u “Real”ni yaxshigina kuchaytiradi”, dedi Messi TyCSports kanaliga bergan intervsi vaqtida.

Argentinalik futbolchining aytishicha, u Neymar bilan bu borada gaplashgan va vaziyatdan xabardor. Manbaning malum qilishicha, braziliyalik futbolchi hali “PSJ”ni tark etmoqchi emas.

www.fcb.uz

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
#2 5153687
2018-05-16 16:40:22
O'tsa ham mayli farqi yo bizga Griezman kelsa boldi
2018-05-16 13:18:45
Неймар ўтмаса керак реалга