"Barcelona"ga tegishli bo'lgan va hozirda Milanning "Inter" klubida to'p surayotgan Rafinhaning otasi futbolchining "Inter"dagi holati haqida izoh berdi.

Mening o'g'lim "Inter"da baxtiyor va shu yerda qolish istagida. Umid qilamizki "Barca" va "Inter"ning rasmiy vakillari uchrashib, menig o'g'limning kelajagi borasidagi muzokaralarni tezroq boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, Rafinhaning otasi bir vaqtning o'zida uning agenti ham hisoblanadi.

www.fcb.uz

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak