Andres Iniesta Kataloniyaning "RAC1" radiosiga intervyu berdi.

Lionel Messi?
- Lionel Messi - eng zo'ri, u aqlbovar qilmas. Unga o'xshagan futbolchi yo'q va bo'lmaydi ham

Neymarning "Real"ga o'tishi?
- Judayam daxshatli bo'lar edi. Neymar - dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri va agar u Madridga boradigan bo'lsa, bu ularni yanada kuchaytiradi

Busquetsning noroziligi?
- Agar bu davom etaversa, keyinchalik jiddiy xatoga uchrashi ham mumkin. U jamoaning kerakli futbolchisi va klub uni yo'qotsa, ularga juda ham qattiq ta'sir qiladi. U uzoq yillardan beri ajoyib o'yinlarini ko'rsatib kelmoqda, u klub uchun eng asosiy futbolchilaridan biri. Lekin bir narsaga hayronman, shuncha narsang bor ekan, qanday qilib shaxsiy narsalar haqida o'ylasang? Klubni bunday tarzda ikkilantirib qo'yish yaxshi emas!

Siz yoqtiradigan futbolchi?
- Men har doim David Silvani yoqtirganman. U boshqacha futbolchi va men avval ham, hozir ham uni "Barcelona"ga o'tishini xohlar edim.

 Yangi Iniesta?
- Fikrimcha, yangi Iniesta yoki yangi Xavi ham bo'lmaydi. Lekin "Barcelona" shunday ajoyib o'ynashda davom etadi va katta muvaffaqiyatlarga erishadi.

Ko'proq aqldan ozgan futbolchi?
- Men uni Gerard Pique ekanini aniq bilaman (kuladi)

Pique kelajakda boshliq bo'ladi?
- O'ylaymanki, bu bo'lishi mumkin. Agar u buni xohlasa, klubga yordami tegishini his qilsa, bu aniq bo'ladi.

Xavi va Iniesta kelajakda jamoaga qaytishadi?
- Bu yana bir imkoniyat bo'lishi mumkin. Biz "Barcelona" futbolchilarimiz va bu klubga qarzdormiz.

Oltin to'p?
- Oltin to'p - bu futbolning bir qismi. Lekin u futbol emas. Futbol - bu maydonda bo'layotgan narsalardir.

France Footballning Oltin to'pni bermagani uchun kechirim so'rashi?
- Ular mendan kechirim so'rashga majbur ekanini his qilmayman. Chunki men u yerda bor edim va menga juda ham yoqqan edi. 2010-yilda men Xavi va Messi bilan kuchli uchlikda edik. Bu juda ham yaxshi edi va shu yana takrorlansa, yo'q demas edim. 

Qirol kubogi finali?
- Bu mening hayotimning so'nggiga o'xshadi.

22 yil ichida eng yomon vaziyat?
- Denni Yark va Tito Vilanovaning vafot etishi - ikki juda murakkab vaziyat...

Rimdagi falokat?
- Ehtimol, bu mening faoliyatimdagi eng achinarli daqiqalardan biri. Bu kutilmagan va tushunarsiz edi, bu barchamiz uchun katta zarba edi, biz buni kutmagan edik.

Pep Gvardiola?
- Gvardiola doimo men uchun katta bir na'muna edi. U mening faoliyatimda muhim rol o'ynadi. Chunki mening murabbiyim ajoyib katalizator edi. U boshqacha murabbiy edi.

"Stemford Bridge"dagi gol?
- Bunga allaqachon 9 yil ham bo'ldi, bu hissiyotlar darajasida tushunarsiz edi, odamlar hayoti behisobdir

Klub hali ham qolishni taklif qildimi?
- Ular meni qolishga majburlashmadi, chunki ular bu qarorim shaxsiy ekanini angladilar. Ko'p odamlar klubdagi faoliyatimni davom ettirishimni xohlashayotganini bilaman. Bu judayam yoqimli.

 

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
#2 Akmal
2018-05-18 20:03:46
Gap yoq
2018-05-18 13:53:15
Juda ajoyib