"Barcelona" va Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Rivaldo Lionel Messini Argentinada huddi Maradonna kabi afsona hisoblashlari uchun Jahonchempionatini yutishi kerakligi haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.

"Messining "Barcelona"da qilgan ishlari va futbolga olib kelgan foydasini hisobga oladigan bo'lsak, uni afsona desak ham bo'laveradi. Lekin Argentinaning yagona yulduzi jahon chempioni bo'lgan Maradonna hisoblanadi. Balki shuning uchun ham Argentinaliklar Messini u kabi afsona sifatida ko'rishmas. Messi ko'pgina sovrinlarini "Barcelona"da yutgan. Jamoa muxlislari uchun esa bu katta ahamiyat kasb etishi amri mahol. Lekin terma jamoa muxlislari uchun o'z jamoang uchun qilgan ishlaring hech narsani anglatmaydi. Ularga afsona ekaningni isbotlash uchun Jahon chempionatini yutishing kerak. Bu futboldagi eng katta sovrin hisoblanadi"

"O'ylaymanki, Leo Jahon Chempionatini yutmagunicha, faqat Maradonna Argentinaning yagona afsonasiligicha qolaveradi. Lekin men Messiga 100% ishonaman. U klub va terma jamoa uchun ko'p ishlarni bajardi. Ayni damda, u ajoyib formada va terma jamoasi ham yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Lionel Argentinani finalgacha olib chiqishiga umid qilaman. Chunki bu juda ham muhim, bu uning ohirgi imkoniyati".

"GOAL" nashri

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
#1 355555
2018-06-11 11:44:11
Argintina chempiyon