Lionel Messi mashxur "SPORT" nashriga intervyu berdi.

Chempionlar Ligasi haqida. 

"Biz uch marta ketma ket Chempionlar Ligasi 1/4 final bosqichida chiqib ketdik va bu narsa yana takrorlanishiga yo'l qo'ymasligimiz kerak. Barcelona bizni ustun qo'ymaydigan jamoalarga qarshi o'ynaydi, lekin hamma narsani kichik xatolar hal qiladi va bu narsa yana va yana bo'laveradi. Bu narsalarga e'tibor bermaslikka harakat qilamiz. 1/4 final bosqichidan o'tib olishni xohlaymiz, chunki "Barca" yana bir yil Chempionlar Ligasi sovrinisiz qolishga yo'l qo'ymaydi. klub ko'p narsaga haqli"

"Roma"dan uchralgan mag'lubiyat haqida

"Roma"dan uchralgan mag'lubiyat va chiqib ketishni oqlab bo'lmaydi. Biz o'zimizga juda qattiq ishonib qolgan edik. Birinchi golni o'tkazib yuborganimizdan keyin, biz o'z o'yinimizni o'zgartirishimiz kerak edi, lekin biz buni qila olmadik. Bizda jamoaviy o'yin bo'lmadi. Italiyaliklar o'ziga ishonishda davom etishdi va umidlarini uzmasdan harakat qilishdi va bizga yana gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Bundan keyin nima bo'ldi... Ularning pressingi va kuchi, stadionning daxshatli qo'llab quvvatlashlari orqali ular bizni yuta olishlariga ishonishdi va buni uddalashdi ham. Hammasi shu"


"Meni juda ham qattiq jahlim chiqdi va hafa bo'ldim. Agar biz ularga 4 ta to'p kiritgan bo'lsak, qanday qilib bugun gol ura olmaymiz? Birinchi o'yindan keyin shunday ajoyib imkoniyatga ega bo'lib turib, qanday qilib keyingi bosqichga o'ta olmasak? Biroq keyinchalk huddi shunga o'xshash holat "Liverpool"da ham yuz berdi. Romada harakter bor"

Tugagan mavsum haqida

"Bir tomondan, biz ajoyib mavsum o'tkazdik. Faqatgina 3ta o'yinda uchralgan mag'lubiyatdan ikkitasida yaxshi o'yin ko'rsatdik. Ajoyib rekordlar o'rnatdik. Lekin boshqa tomondan Chempionlar Ligasidan chiqib ketdik"

Ronaldo "Real"dan ketishi mumkinligi haqida

U nimani o'ylayotganini bilmayman va uning tanlovini muhokama qilishni istamayman. Bu Cristianoning shaxsiy ishi"

"Meni hayron qoldirgan narsa bu, Zidanning ketishi bo'ldi. Lekin bunga uni o'zining sabablari bor edi. Bu masalada uning o'zidan boshqa hech kim gapira olmaydi. Haqiqat shundaki, u Chempionlar Ligasini yutgandan so'ng jamoadan chiroyli ketdi... Hech kim uni biror narsada ayblay olmaydi"

Antuan Griezmann haqida

"Griezmann — ajoyib o'yinchi, men buni har doim ta'kidlaganman. Bunday futbolchilar bilan maydonda tez chiqishib keta olsa bo'ladi. O'ylaymanki, ayni damda, u o'zining ajoyib formasida va faoliyatini rivojlantirmoqda. U ajoyib mavsumni o'tkazdi"

"Antuan bizga o'tadimi yoki u bizning tarkibiga qo'shilishga qodirmi, u jamoada o'z o'rnini topa oladimi, bilmayman. Bu sohada uning rolini aniqlaydigan shaxs bu - murabbiy hisoblanadi. Biz dunyodagi eng yaxshi jamoasi bo'lishni xohlaymiz, shuning uchun bizda eng yaxshi futbolchilar bo'lishi kerak"

Neymarning qaytishi va uning "Real"ga o'tishi haqida

"Agar bu narsani iloji bo'lganida, shubhasiz, uning qaytishidan hursand bo'lar edim. Ney — ajoyib futbolchi. Neymarning "Real Madrid"ga o'tishi haqida gapiradigan bo'lsam, men bu harakatni qadrlamayman"

Ernesto Valverde haqida

"Ernesto Valverde — yaxshi murabbiy va juda samimiy inson. U futbolni ancha yaxshi tushunadi va har bir o'yinni tahlil qiladi, o'yinni boshqaradi"

"Barca sardori bo'lish — katta faxr va sharaf. Bu, albatta, men uchun juda muhim"

Jamoadan ketish haqida

"Xavi Qatarga ketdi, Iniesta esa Yaponiyaga... Kelajakda men ham biror joyga ketishim mumkinmi? Bu haqda hali o'ylab ham ko'rmaganman.

Soliqni to'lamaganlik muammosi haqida

"Ular menga bunday hujum qilishgani, men va mening oilam haqida gapirishgani men uchun juda qiyin bo'ldi. Men bu hujumni Madriddan his qildim va ancha qiyinchiliklarga duch keldim. Lekin menga yaqinlarimdan qo'llab quvvatlashlar olish baxtiga muvaffaq bo'ldim, "Barcelona" va barcha Kataloniyadan va hatto mahalliy jurnalistlardan ham. Bular ozgina bo'lsa ham meni o'zimga kelishimga yordam bo'ldi"

"Menga hujum qilish buyurilgan edi. So'ng mening zaifligimdan foydalanib qolishni xohlashgan edi. Bu buyruq Madriddan bo'lgan edi, men buni bilar edim. Lekin bu haqda bilsam ham, men baribir og'riqni his qildim"

"Yo'q, o'sha davrda men "Barcelona"dan ketishni rejalashtirmagan edim. O'sha payt juda og'ir yil bo'ldi. Chunki bu muammolar yetmagandek, ularga yana mening jarohatim ham qo'shildi. Bundan tashqari shu yili Braziliyadagi Jahon Chempionati ham bo'lishi kerak edi. Bu juda ham qiyin davr bo'lgan edi, chunki ko'plab noto'g'ri narsalar aytilgan edi"

"Real Madrid" haqida

"Real"ni har doim yengilishini xohlaymanmi? Men yutishni xohlayman. Boshqa jamoalar qiladigan narsalar meni qiziqtirmaydi. Albatta, "Barcelona" futbolchisi sifatida jamoam turnirni tark etgan payt asosiy raqib g'alaba qozonishini xohlamayman. Lekin birinchi navbatda men o'zim g'alaba qozonishni istayman"

Jahon chempionati haqida

"Jahon Chempionati? "Barcelona"dagi jamoadoshlarimiz bilan JChda milliy terma jamoalarimiz safida uchrashishimiz mumkinligini muhokama qildik. Ammo, birinchi navbatda, Islandiyani mag'lub etishimiz kerak, bu juda yaxshi jamoa va himoyada ancha yaxshi o'ynay oladi"

"Ko'pgina mamlakatlardagi muxlislar meni Jahon Chempionati kubogini boshim uzra ko'tarishimni orzu qilishayotganidan juda mamnunman"

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
#2 Pablo
2018-06-11 13:10:22
Biz senga ishonamiz
#1 355555
2018-06-11 11:52:47
Olga Qirol Argintina chempiyon