Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Gerard Pique jamoa mashg'ulotlarini jarohati sabab muddatidan oldin yakunlamadi, deya xabar bermoqda TACC.

Jamoa vakili Paloma Antorans 31 yoshli himoyachini jarohat olgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.

Oldinroq Marca Krasnodarda tayyorgarlik olib borayotgan Ispaniya terma jamoasi himoyachisini mashg'ulotlarda jarohat olgani haqida xabar bergan edi.

"Piqueda hech qanday muammo yo'q. Bu jarohat emas", — dedi Antorans.

Shuningdek u mashg'ulotning yakuniy qismida futbolchilar mashqlarning biriga qatnashishi majburiy emas ekanligini qo'shimcha qo'lib o'tdi.

.www.fcb.uz

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak