Kunning futbolga oid eng so'ngi yangiliklari:

Dost, Carvalho, Fernandesh va Martinish "Sporting" bilan shartnomalarini bekor qilishdi.
Shartnomalarining bekor qilinishiga sabab agressiv muhlislarning "Sporting" bazasidagi tajovuzkor harakatlari bo'ldi.
 
"Liverpool" Shaqirini jahon chempionatidan so'ng sotib olmoqchi.
Daily Mirror xabar berishicha, "Liverpool"liklar Shaqirining shartnomasida tovon puli 12 millionga tushishi borasidagi punkt borligiga ishonishmoqda. Agar bunday bo'lmasa ham, "qizillar" ko'rsatilgan narxdan ko'proq to'lashga tayyor.

Referilar Atkinson va Moss Rossiyaga jahon chempionatiga velosipedda yetib kelishida.
Sayohat 18 kun davom etadi, sayyohlar Fransiya, Belgiya, Gollandiya, Germaniya va Polshadan o'tishadi. Ular 2,700 km dan ortiq masofani bosib o'tishlari kerak.

"MU" va "Bavariya" 5-avgust kuni o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Germaniyadagi o'yindan tashqari, inglizlar "America", "San-Jose Artkeyks", "Milan", "Liverpool" va "Real Madrid" kabi klublar bilan AQSh da turne o'tkazishadi. 

"Inter" Promes uchun "Spartak"ka 47 million yevro taklif qildi.
Avvalroq, futbolchiga "Sautgempton", "Tottenxem", "Nyukasl", "Sampdoriya" va "Roma" klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.

Fabregas 2018 yilgi jahon chempionatida BBC ekspertlaridan biri bo'ladi
Fabregas Angliya kompaniyasiga oldinroq yollangan Jurgen Klinsmann, Dide Drogba, Pablo Zabalete va Gari Linekerga qo'shildi.

Saloh, aniq Rossiya terma jamoasiga qarshi o'ynaydi, lekin Urugvayliklar bilan o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
Urugvay terma jamoasi bilan bo'ladigan uchrashuvda hujumchining ishtirok etishi so'roq ostida qolmoqda. Qaror, 15 iyun kuni bo'lib o'tadigan o'yin oldidan bir kun oldin amalga oshiriladi.

"Chelsea", "Arsenal" Va "Man City" Serriga qiziqishmoqda.
Futbolchining narxi - 35 million yevro deyilmoqda.

Rasman Juan Lopetegi "Real Madrid" bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Ispaniya terma jamoasi ustozi "qaymoqranglilar" bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.

"Roma" Alissonga 80 million so'radi.
"Liverpool" darvozabonga qiziqishlarini to'htatdi.

"Chelsea" Hyundai bilan hamkorlik borasida shartnoma imzoladi.
Yangi mavsumdan London klubi formasining yengida avtoulovning logotipi paydo bo'ladi. Kelishuv 2021/22-mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan.

www.fcb.uz

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
#2 v1rus
2018-06-12 20:42:05
#1 JONIK
O'sha hozirda Ispaniya terma jamoasi murabbiyi bo'lib turgan Juan Lopetegi
#1 JONIK
2018-06-12 20:34:35
Yuge Ispan trenerimasdur