"Atletico" hujumchisi Antuan Griezmann "Barcelona"ga o'tishga qaror qilgan, bu haqda Mundo Deportivo fransuzga yaqin manbaga tayangan holda xabar qilmoqda. Griezmanndan 12-iyun kuni bo'lgan matbuot anjumanida faoliyatini qayerda davom ettirishi borasidagi javobni kuitshgan edi, biroq hujumchi hali kun kelmaganini aytdi.

Shu bilan birga Griezmann allaqachon qaror qabul qilganini aytdi. Manba xabar qilishicha, fransuz "Barcelona" bilan shartnoma imzolagani yo'q, ammo kataloniyaliklar safiga qo'shilishga qati'y va'da bergan.

Xabar qilinishicha, Griezmann "Atletico" bilan tuzilgan shartnomasi tufayli "Barcelona"ga o'tishi haqida1-iyulga qadar xabar bera olmaydi.

www.fcb.uz

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2018-06-13 11:39:28
тезро ўтса ўтақомиди,зериктирди Гризман хар куни шу мавзу