Dahoning fojeasi.

Messi Argentina futbolida huddi Maradona kabi muhim yulduz bo’lish imkoniyatini rasmiy ravishda yo’qotdi. Leo allaqachon klub darajasida hammasini isbotlab bo’lgan: uch karra klublar o’rtasida Jahon chempioni, bir necha marta Chempionlar ligasida g’alaba, besh marotaba Oltin to’p va yana bir qancha turnirlarda g’oliblik. Messi "Barcelona" ramziga aylangan va shunday qoladi. Lekin Argentina futbolida u hozircha hech kim.

“Abadiy ikkichi” atamasi Messining yangi nomiga aylandi. Copa Amerikada uch marotaba kumush, JCH 2014 da kumush, Maradona asosiy qahramon, Messi esa ikkinchi. Argentinada kim eng yaxshi futbolchi savolini batamom to’xtatish uchun imkoniyatlar doim Messining shundoqqina oldidan o’tib ketar edi. Bunga sabab ba’zan Iguanning harakatlari, yoki Palasioning g’ayrioddiy qarorlari yoki Leoning o’zi bu imkoniyatlarni ko’kka sovurgani. 

Muammo jamoadoshlardami? Yo’q. Hammasi JCH 2014 finalidan boshlandi. O’sha o’yinda Messi maydon markazida o’ynadi va hujumga deyarli yaqinlashmadi. Undan so’ng esa ikki marta Copa Amerikada mag’lubiyat Messining terma jamoadagi faoliyatini vaqtinchalik to’xtatishga sabab bo’ldi. Lekin oradan bir necha oy o’tib yana terma jamoaga qaytdi. 
Messining terma jamoadagi o’rni. Messi Sampaolining qarorlariga ta’sir o’tkazishni boshladi. Avval JCH 2018ga tanlayotgan tarkib masalasida, keyinroq esa o’yinga tayyorlaglik ko’rishda. Messi ancha avvalgi xotiralarini esladi va Maks Lopes va Mauro Ikardi bilan o’zaro munosabatlari sabab bu ikki futbolchi JCH 2018 dan qolib ketti: "Inter" hujumchisida terma jamoa uchun atigi 4 ta o'yin o'tkazgan va barcha yirik turnirlar uchun qaydnomadan tushib qolgan. Tomoshaning kulminatsiyasi esa Xorvatiyaga qarshi sharmandali mag'lubiyat bo'ldi: Messi va Mascherano Argentina futbol federatsiyasiga Sampaoli borasida norozilik bildirishdi va jamoani so'ngi turda o'zlari tayorlashdi.

Nigeriya bilan o'yinda Xorxe jamoani suniy ravishda boshqardi - qisqasi hammasi nazorati ostidadek ko'rsatdi. Shu bilan birga u Leodan Agueroning maydonga tushishi uchun ruhsat so'rashni, o'yindan so'ng esa Messi bilan bahtiyor ekanligi haqida gapirishni unutmadi.

Futbolchilar taktikani o'zlari tuzganlari bilan terma jamoani boshqara olishmaydi, bu esa maydonda tartibsizlik keltiradi. Fransiya bilan o'yin faqatgina hisob borasida muvaffaqiyatsiz bo'lmadi, ammo baribir natija bir hil. Messi kurashda nafaqat futbolchi sifatida, balki murabbiy sifatida ham yutqazib qo'ydi. Ikkita golli uzatma berganiga qaramay muhlislar uni faqatgina pley-off bosqichida biror marta ham gol urmagan futbolchi sifatida eslaydilar. Yaxshi o'yinlarga qaramay, navbatdagi yil ham muhlislarda kuboksiz yil sifatida esda qoladi.

Messi barchasini hech kimning yordamisiz yo'q qildi, endi qo'ldan boy berilganlarni to'g'irlash uchun unda imkoniyat yo'q. Qatarda Leo 34 yoshni urib qo'ygan boladi - uning o'rnini esa fransliyalik va belgiyalik yosh qahramonlar egallashadi. Bu futbolchilar Argentinani yana bir bor uchirib yuborishadi va Messi jamoadan umrbod ketishga majbur bo'ladi.

Leo baribir Maradonadan kuchli bo'la olmadi, biroq bunga uning o'zi aybdor.

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
#6 4995
2018-07-07 12:06:25
Messi JCH-2018da Bir O'zi Nima qila olardi?hamma ayb sampaolida o'zi bir tarkib tuza olmasa u qanaqa murabbiy MESSI KELASI JCH-2022DA OMAD!!!!!!
#5 v1rus
2018-07-04 22:10:16
Tarjima qilingan bu blog
#4 Shuxrat
2018-07-02 01:05:41
Messiga kuchli jamoadoshlardan ham ko'ra kuchli taktik murabbiy yetishmadi. Messi baribir tarixdagi eng zo'ri bo'lib qolaveradi
#3 Shuxrat
2018-07-02 01:05:12
Messiga kuchli jamoadoshlardan ham ko'ra kuchli taktik murabbiy yetishmadi. Messi baribir eng zo'ri
2018-07-01 21:49:14
butun sayt eshitsin taqqoslang xozirgi futbol bilan oldingi futbolning farqi menimcha katta
2018-07-01 16:30:24
avtor kim
messi baribir maradonadan kuchli
faqat sampaolini aybini dib messini ayblash keremas