The Best o'zi nima?! Qanday sovrin?!

The Best sovrini FIFA tomonidan "Oltin To'p"ning analogi sifatida tashkil etilgan sovrin bo'lib, "Mavsumning eng yaxshi futbolchisi" uchun terma jamoalar bosh murabbiylari va sardorlari ovoz berish yo'li g'olib nomi aniqlanadi. "Oltin To'p" sovrini esa 2009-yilgacha bo'lganidek "France Football" jurnali tomonidan jurnalistlar o'rtasidagi so'rovnoma asosida topshiriladi.

Demak, "Oltin To'p" va "The Best" sovrinlarining farqini bilib oldik. Ana endi e'tiboringizni da'vogarlarga qaratmoqchiman. Kuni kecha FIFA The Best sovrini uchun da'vogarlarning yakuniy uchligini e'lon qildi: Ronaldu, Saloh, Modrich. Men bu ro'yxatni ilk ko'rganimda yana boshqatdan o'qib chiqdim. Ko'zlarimga ishonmadim. Yevropaning eng yaxshi futbolchisi uchun sovrinda ham mana shu uchchovlon yakuniy uchlikni tashkil etishgan edi. Nahotki yakuniy ro'yxatda Messi yo'q?! Shunaqasi ham bo'larkanmi?! Shunaqa kunlar ham kelarkanda, degan savollar paydo bo'ldi. Keyin esa Grizmannning ham yo'qligiga e'tibor berib yana hayratlandim. Klubi bilan ham, terma jamoasi bilan ham nufuzli sovrinlarni qo'lga kiritgan. Bo'libam bu sovrinlarni shunchaki odam soniga jamoada qatnashib emas, o'z jamoasining yetakchisi sifatida qo'lga kiritgan Grizman nahotki yakuniy uchlikka munosib ko'rilmagan bo'lsa?!

 Nazarimda futbol sportdan ko'ra biznesga, marketingga aylanib borayotgandek. Yakuniy ro'yxatga e'tibor bersangiz, nomzodlarning biri Ronaldu! So'nggi 10 yillikning eng mashxur brendi. CHL g'olibi va to'purari. Ammo JCHni nimchorakdanoq tark etdi. Unga ortiqcha ta'rif berishning keragi yo'q. Yana bir nomzod Saloh! Yakunlangan mavsumda butun dunyo bo'ylab "Salohamaniya" degan kasallik tarqadi desam mubolag'a bo'lmasa kerak. Messi va Ronaldudan zerikkan futbol dunyosi so'nggi mavsumlarda yangi super qahramonlar kashf etishga zo'r berib urinmoqda. Bir qarasangiz Neymar, bir qarasangiz Mbappe, kimlardir Azarni shunday darajaga ko'tarmoqchi bo'ldi. Lekin ularning hech biri Salohchalik muxlislar orasida ajiotaj paydo qilolmadi. Salohchalik mavsum davomida barqarorlik ko'rsata olmadi. Saloh esa APLda ham, CHLda ham gollarni qalashtirib tashladi. Lekin u mavsumni sovrinsiz yakunladi!!! Luka Modrich haqida JCH vaqtida va JCHdan keyin gapirmagan shu Qamchiq dovonidagi Burgutning haykali qolgan bo'lsa kerak. Bunday katta shov-shuv ortidan Modrich katta mashxurlikka erishdi. O'z navbatida Modrich CHL g'olibi va eng yaxshi futbolchisi, JCH finalchisi va eng yaxshi futbolchisi. Yevropaning eng yaxshi futbolchisi. Menimcha ushbu uchlikda sovrin uchun eng munosib nomzod aynan Luka!

Yakuniy uchlikka kira olmagan futbolchilarning nomlariga ham bir e'tibor bering-a: Messi, Grizmann, Mbappe... Nahotki JCH o'tkazilgan mavsumda yakuniy ro'yxatga birorta fransuz kira olmasa?! Nahot ular bunga arzimasa?! Grizmanishe Yevropa Ligasi g'olib va eng yaxshi futbolchisi, Yevropa Superkubogi g'olibi va 4 yillikning eng "avtoritet" turniri JCH g'olibi!!! Nega u yakuniy uchlikda yo'q?! Messiku mayli CHLda "Roma"dan mag'lub bo'lib sharmandalarcha turnirni tark etganini hisobga olmasa, biror esda qolarli ish qilmadi. Ushbu mavsumda yorqin o'yini bilan ham ajralib turmadi. Ispaniya chempionatida raqobatsiz g'olib bo'ldi. Ispaniya Kubogida ham shu ahvol. O'sha kuchsiz jamoalar bilan o'yinlarda hatto butsasiz o'ynab ham assistentlik qilaverdi. Ammo shu o'rinda bir narsani ta'kidlab o'tmoqchiman: Messining mana shunday muvaffaqiyatsiz mavsumi ham 99,8% futbolchilar uchun super mega omadli mavsum hisoblanadi. Negadir Messi va Ronaldu bir o'yinda 2-3 ta gol kiritsa, buni huddi odatiy voqeadek, shu narsa bo'lishi kerakdek qabul qilishga ko'nikib qolamiz. Boshqa hujumchilar mavsumda o'z oldilariga 25 ta gol kiritishni maqsad qilib turgan bir paytda, Messi va Ronaldu qirqtalab gollarni qalashtirib tashlasa ham odatdagidek qabul qilamiz. Bunga ularning o'zlari aybdorda, vey!

Agar mendan "Xo'sh, seningcha yakuniy uchlik qanday bo'lishi kerak edi?!" deb so'rashsa, men Grizmann, Ronaldu va Modrich triosini tanlasam kerak(и это не точно)

 

Shuncha gapni oxirida bir gap aytmoqchiman. UEFA ham, FIFA ham Messini o'z sovrini uchun da'vogarlar yakuniy uchligiga kiritmasdan Leoning qattiq jaxlini chiqardi. Yangi mavsumda Leoning raqiblariga oson bo'lmasligi aniq

 

Manba:  telegram kanali. 

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
#5 v1rus
2018-09-09 22:36:55
tak shtoo )) oltita kubok kutamiz biz ham ))
#4 v1rus
2018-09-09 22:36:29
#3 CR7_Sardor

Ajoyib fikr )) Rostan ham 3 likka kirgani bilan yuta olmasdi, shuning uchun kirmasdan yuta olmagani yaxshi
2018-09-09 20:02:19
Bugun Qashqirlar makoni serialida bir dialogni ko'rdim.
-Po'lat Alamdar oxirgi marta aza tutganida 6tasini o'ldirgan... degan joyi bor edi. Messi hayolimga kelgandi, shu gapni esladim hozi.aqolaga zo'r yondashilgan. Messi 3likka kirgandayam yutish ehtimoli pas edi. Lekin uni 3likka kirmagani uni anchagina kuchli qiladi. Bu esa o'ziga foyda (Raqib tomon fikrlari
#2 355555
2018-09-08 08:34:41
Messi davay gazini ber
2018-09-07 23:10:50
Onasini emsin bitta trebl qiberlarin Messi.