La Liga
07.10.2018 | 23:45
8-tur

Ispaniya chempionatining 8-turida “Barselona” safarda “Valensiya” bilan murosa ko'chasini tanladi.

Uchrashuv debyutidayoq burchakdan uzatilgan to'pni Garay mehmonlar darvozasiga osonlik bilan yo'llab, hisobni ochgan bo'lsa, 23-daqiqada Lionel Messi chamasi 20 metrlardan chap oyoqda kuchli va aniq zarbasi bilan muvozanatni tikladi-1:1.

Uchrashuv oxiriga qadar o'yinda to'liq ustunlikni namoyish etgan barselonaliklar buni hisobda aks ettira olishmadi.

Natijada La Ligada ketma-ket to'rtinchi o'yinni g'alabasi yakunlagan Valverde shogirdlari turnir jadvalida peshqadamlikni “Sevilya”ga topshirishga majbur bo'lishdi.

Valensiya – Barselona 1:1 (1:1, 0:0)

Gollar: 1:0 – 2 Garay, 1:1 – 23 Messi.

Valensiya – Neto, Garay, Gayya, Pichchini, Gabriel, Soler, Parexo, Kondogbia (Koklen, 79), Gedesh (CHeryshev, 12), Batshuayi, Gameyro (Rodrigo, 67).

Barselona –  ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Vermalen, Rakitich, Buskets, Artur (Rafinya, 88), Koutino (Dembele, 84), Messi, Suares.

Ogohlantirish: Suares (41), Soler (43), Koutino (58), Parexo (58).

 1' Garay
 Messi 23'
Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
#2 v1rus
2018-10-08 10:05:23
dam olib qaytishsinchi bir gap bolar
2018-10-08 10:03:38
Qachon 3 ochkolik o'yin qilarkin bu bollar.