Картинки по запросу barcelona squad 2018

“Barcelona” o'z tarixida bir ko'rsatkich bo'yicha yomon natija qayd etmoqda. Bu klubda o'zgarish vaqti kelganini ko'rsatadi.

Kataloniya klubi tarkibi juda yaxshi shakllangan. Ammo, jamoaning La Liga doirasida ketma-ket 4 uchrashuvda g'alaba qozona olmasligi, qandaydir o'zgarishlar vaqti kelganligidan darak beradi. Quyida “Barcelona” klubini tark etishi kerak bo'lgan 4 futbolchi haqida to'xtalib o'tishni afzal ko'rdik.  

Luis Suares
Hujumchi, 31 yosh


Tan olish kerak, urugvaylik forvardning ushbu mavsumda foydalilik koeffisienti tushib ketdi. Hali o'yinlar juda ko'p va Luis Suares o'z darajasiga chiqib oladi degan fikrlar muhlislar tomonidan bildirilishi tabiiy albatta. Lekin uning yoshi allaqachon 30 dan oshganligi, kerakli paytda ko'plab vaziyatlarni ko'kka sovurishi, jismoniy holatidagi o'zgarishlar futbolchidan voz kechish kerak degan fikrga kelish uchun asos bo'la oladi. Aslida, uni yozda boshqa klubga sotib yuborish(yaxshi summaga) mumkin edi. Messiga golli pas berish bo'yicha peshqadam(27 golli pas) bo'lib olgan Suaresdan ayrilish oson bo'lmaydi. Lekin, vaqtida uning o'rnini iqtidorli, yosh bo'lgan hujumchi bilan to'ldirishni ham bilish kerak. Hozirda kataloniya klubining 9-raqamiga mos hujumchi sifatida 22 yoshli Andre Silva ko'rilmoqda. Yozda “Sevilla” tarkibiga borib qo'shilgan portugaliyalik forvard ushbu mavsumda ajoyib ko'rsatkich qayd etmoqda – 8 o'yin, 7 gol.

 


Rafinha
Yarim himoyachi, 25 yosh


“Barcelona” yozgi transfer vaqtida Rafinhani sotish uchun juda ko'p harakat qilib ko'rdi. Hattoki, braziliyalik futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida “Inter”da o'tkazdi. Lekin Italiya klubi ham uning o'rniga “Roma”dan 30 yoshli Radja Nainggolanni olib keldi va braziliyalik havbekning xizmatidan voz kechdi. Bu esa Rafinhaning qay darajadagi futbolchi ekanligini ko'rsatishga yaqqol misol bo'la oladi. Uning o'rnini to'ldira oladigan futbolchilar etarli. Masalan, Arturo Vidal va  19 yoshli Riki Puig. Rafinhaning maydonga tushishi, jamoaga ko'proq foyda keltirishi mumkin bo'lgan boshqa o'yinchilarga imkoniyat bermayapti.

Almashtirilishi kerak: Riki Puig
Qachon: Yanvar, 2019



Gerard Pique
Himoyachi, 31 yosh


Gerard Pique “Barcelona” tarihidagi klubga tasir o'tkazgan 10 futbolchidan biri hisoblanadi. Uning orqa chiziqdan hujum boshlay olish mahorati va mudofaadagi ishonchli o'yini jamoaning muhim futbolchilaridan biri bo'lishiga hizmat qildi. Lekin vaqt o'tishi bilan hamma narma o'zgaradi. Piqueda hali pasayish kuzatilmadi. Yaxshi formasini ushlab turibdi. Ammo, maydondan tashqaridagi holatlar uni futbol o'ynashdan chalg'itmoqda. Tennis, pokker va biznesdagi urinishlar, Piquening futbolchilik faoliyatida “sirpanish davri” boshlanayotganidan nishon beradi. Ispaniyalik himoyachi bir kun kelib kataloniya klubi prezidenti bo'lishi mumkin. Hozir esa, asta-sekin himoyani u siz ham qurish uchun harakat qilish kerak. Bu borada Mattias De Ligt yaxshi variant.

Almashtirilishi kerak: Mattias De Ligt
Qachon: yozgi transfer, 2020


 

Denis Suares
Yarim himoyachi, 24 yosh


2016 yil yozgi transfer vaqtida jamoaga katta maqsadlar ila olib kelingan va Xaviga o'rinbosar sifatida munosib ko'rilgan Denis Suares bu ishonchlarni oqlay olmayapti. 6 raqamda to'p suradigan yarimhimoyachiga bazan jarohatlar, bazan o'z poziciyasidagi ishonchsiz o'yini halal bermoqda. Bu mavsumda biror marta maydonga tushirilmagan va jarohatidan endigina forig' bo'lgan Denisning klub uchun foydali ish hajmi “0”ga teng bo'lib turibdi. Uning o'rnini, Karles Alena bilan to'ldirish mumkin.  

Almashtirilishi kerak: Karles Alenya
Qachon: Zudlik bilan

 

squawka.com saytidan Nodir Abdurasulov tarjimasi

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2018-10-17 20:03:07
Denis suarezga imkon berish kerak xali uzini kursatadi
2018-10-17 19:32:42
Denis Suaresni örniga Arturo Vidalni qöshgan bölardim, nima demadiylar saytdoshlar.
2018-10-16 23:16:20
Denis Suarezga imkon berish kere
2018-10-16 12:54:05
Denis Suarezga imkon berish kk
2018-10-16 10:55:54
Denis Suarezdan boshqasiga qo'shilaman.