Chempionlar ligasi
07.11.2018 | 01:00
4-tur

Похожее изображение

"Inter" bosh murabbiyi Luchano Spalletti "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tadigan CHempionlar ligasi o'yini oldidan, raqib haqida fikr bildirdi.

"To'pga egalik qilish ularning miyasiga o'rnashib qolgan, buni osonlikcha yo'q qilib bo'lmaydi. Bu ularning ko'p yillik o'yin uslubi va jamoa ushbu uslubga mos futbolchilarni sotib oladi. "Barselona" futbolchisi boshqa klublarda muammolarga duch kelishi mumkin, ammo bu yerda emas.

"Inter"ga qarshi "Kamp Nou"dagi bahs oldidan ularning 10 daqiqalik tayyorgarligini ko'rdim. Ular uchrashuvdan oldin qizib olishi uchun stadionda trenajyor zali borligi bilan qiziqdik, ammo yo'q ekan. Bundan tashqari, Kataloniya klubi futbolchilari o'yin kuni bolalarini maktabdan olib kelib, o'yinga o'z mashinalarida tashrif buyurganini eshitdim. Agar biz bahslarga shunday tayyorlansak, 0:18 hisobida yutqazgan bo'lardik" - deydi Spalletti.

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak