Sergi Roberto ham murabbiy bilan birgalikda bugungi chempionlar ligasi doirasidagi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi...

— Biz buni juda ham yaxshi bilamiz, agar bu o'yinda g'alaba qozonsak, guruh bosqichida birinchi o'rinni egallaymiz. TOP jamoalar hali oldinda, biz esa buni yaxshi bilamiz, shu sabab play off bosqichini erta hal qilmoqchimiz.

Ohirgi yillar davomida bizda mexmonda uncha ham yaxshi o'yinlar bo'lmadi, lekin biz so'nggi mexmondagi o'yinda "Wambley"da ajoyib natija qayd etdik. Bu o'yinda ham biz shuni ya'na takrorlamoqchimiz.

Biz buni ham bilamiz, "Inter" to'pni o'zida ko'p ushlashni yaxshi ko'radi. Biz buni birinchi o'yinda ham sezdik, ular o'zlarini uylarida kuchli his qiladilar. Biz esa ularni noqulay ahvolga tushishlari uchun harakat qilamiz. Bu juda ham jangovor o'yin bo'ladi. Bu o'yin chempionlar ligasining afsonaviy stadionlaridan birida bo'ladi.

Biz Leo ya'na biz bilan ekanligidan hursandmiz. U allaqachon tarkibga qaytgan. U biz uchun juda ham muhim, u dunyoning eng kuchli futbolchisi, shu sabab uning yo'qligi jamoada sezilishi aniq. Lekin biz u siz ham o'ynashga tayyormiz, bizda o'zini ko'rsatish uchun ajoyib jamoa bor.

Men Suarez bilan ajoyib tarzda bir birimizni tushuna olamiz. Men uning ahvolidan mamnunman, men unga yordam berishga harakat qilaman. Men jamoaga yordam berish uchun, kerak bo'lsa, himoyada yoki yarim himoyada ham o'ynay olaman. — dedi Roberto.

www.fcb.uz

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak