Chempionlar ligasi
07.11.2018 | 01:00
4-tur

Картинки по запросу inter fc

Bugun "Inter" Chempionlar ligasi guruh bosqichi uchrashuvlari doirasida "Barcelona"ni qabul qiladi.

Italiya klubi o'yin uchun 73 ming chiptani sotib bo'ldi ("San-Siro" stadioni sig'imi 80 ming) va 5,8 mln evro ishladi.

Bu Italiya futboli tarixida chiptadan daromad olish bo'yicha rekord natija.

Avvalgi rekord "Roma" tomonidan o'rnatilgan edi. Rimliklar "Liverpool"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim finali o'yini uchun 5,2 mln evrolik chipta sotishga muvaffaq bo'lgan.

"Inter"ning avvalgi rekordi ham 5,2 mln evro edi. Ular "Juventus"ga qarshi 2018 yildagi bahsdan shuncha daromad topishgan.

Manba : La Gazzetta dello Sport

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak