Chempionlar ligasi
07.11.2018 | 01:00
4-tur

Картинки по запросу Ernesto Valverde

"Barcelona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Inter"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin haqida fikr bildirdi. 

"Bahs juda yaxshi o'tdi. Maqsadimiz guruhdan chiqish edi, ammo bu o'yinda g'alaba qozonib, keyingi bosqichga birinchi o'rin bilan chiqshni xohlagandik. Yaxshi o'yin ko'rsatdik, biroz aniqlik etishmadi.

"Inter" oldin ham uchrashuv oxirida o'zini ko'rsatgan, ular bu yo'l bilan ko'p ochko to'plashga muvaffaq bo'lgan. Biroq mamnunmiz, chunki bosqich yakunlanishiga 2 tur qolganda pley-offga chiqdik.

Leo bilan tavakkal qilishni istamadik. Mashg'ulotlarda bir-birimizni ayashimiz mumkin, ammo o'yin boshqa. Uchrashuvlarda kutilmagan yiqilishlar ko'p bo'ladi. Bu haqida Messi bilan suhbatlashdim. Bu mashg'ulot emas.

Malkomdan ko'nglimiz to'ldi. Unda ajoyib zarba bor. Malkomsiz muvaffaqiyatga erisha olmagan bo'lardik.

"Inter"ning vazifasi aniq edi: Hujum va pressing. Birinchi uchrashuvda ular o'z darvozasi oldida ko'plab xatolarga yo'l qo'yishdi, bugun ham shunday bo'ldi. Ular hech qachon taslim bo'lishmaydi. Bu jamoa "Tottenxem"ga qarshi bahsning so'nggi 5 daqiqasida raqibdan 3 ochkoni tortib oldi, bizdan esa 1" - deydi Valverde.

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2018-11-09 18:57:36
MALCOMGA GAP YO BU BOLADA TALANT BOR UNI BARCADA OLIB QOLISH KERE.
2018-11-07 22:21:21
Malkomga kuproq imkoniyat berish kerak