Chempionlar ligasi
07.11.2018 | 01:00
4-tur

«Barcelona» yarim himoyachisi Filippe Coutinho Yevropa chempionlar ligasining 4-turi doirasida boʻlib oʻtgan “Inter”ga qarshi oʻyinda (1:1) jarohat oldi.

Futbolchi bugun tibbiy koʻrikdan oʻtdi. Coutinho chap oyogʻining son qismidagi mushagida uzilish yuz bergani aniqlandi. Uning toʻliq tiklanishi uchun 2-3 hafta vaqt kerak boʻladi. Filippe Ispaniya La ligasining 12-turi doirasida boʻlib oʻtadigan bahsni oʻtkazib yuboradi. U FIFA kunlari sababli yuzaga keladigan tanaffusdan soʻng maydonga qaytadi.

“Inter”ga qarshi oʻyinda Coutinho toʻliq 90 daqiqa oʻynadi va bitta golga uzatma berdi.

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak