"Barcelona" hujumchisi Luis Suares yakshanba kuni LaLigadan sovrin qabul qilib oladi.

Ispaniya chempionati rasmiy saytida o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra, urugvaylik forvard oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U o'tgan oyda 4ta gol urdi va 2ta golga assistentlik qildi. Suares oktyabr oyidagi "El-Classiko"da "Real" darvozasini uch marta ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi.

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak