"Barselona"ning sobiq prezidenti vafot etdi
"Barcelona"ning sobiq prezidenti Xose Luis Nunes 87 yoshida vafot etdi.
Nunes 1978-2000 yillar davomida Kataloniya klubi prezidenti bo'lib ishlagandi. Uning davrida "ko'k-anorranglilar" 25 sovringa ega chiqqan. Bular: 7 mamlakat chempionligi, 6 Ispaniya kubogi va 5 Superkubogi, 4 Kubok egalari kubogi va 2 Yevropa Superkubogi.
SHuningdek, uning davrida "Barselona" dunyoning eng boy jamoasi hisoblangan.