Похожее изображение

«Barcelona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde va jamoa yetakchisi Lionel Messi yarim himoyachi Filippe Coutinhoning ayni paytdagi sport formasidan xavotirga tushib qolishgan.

Braziliyalik futbolchi soʻnggi marta 6 noyabr kuni boʻlib oʻtgan “Inter”ga qarshi oʻyinda (1:1) jamoaning golida ishtirok etgandi. Oʻshanda u golga uzatma bergandi. 26 yoshli futbolchi oʻzining soʻnggi golini 28 oktyabr La liga doirasida «Real» darvozasiga urgandi.

Messi va Valverde birgalikda Coutinho suhbatlashib olishdi. Bu orqali ular Filippeda oʻziga boʻlgan ishonchni oshirishga harakat qilishdi. Coutinho ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida jami 18ta oʻyinda maydonga tushib, oʻz hisobiga 5ta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi.

 

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2018-12-04 20:25:26
oz hisobiga 5ta gol urdi
bu nma endi)))
2018-12-04 20:24:51
oz hisobiga 5ta gol urdi
bu nma emdi)))