Похожее изображение

“Juventus” hujumchisi Cristiano Ronaldo Libertadores kubogi finalining “River Pleyt” va “Boca Juniors” jamoalari oʻrtasidagi javob oʻyiniga tashrif buyuradi. Bu haqida Football Italia xabar tarqatdi.

Uchrashuv 9 dekabr, yakshanba kuni «Real» klubi stadioni — “Santiago Bernabeu”da boʻlib oʻtadi. Shuningdek, «Barcelona» yetakchisi Lionel Messi ham Madriddagi toʻqnashuvga kelishi kutilmoqda. Manbaga koʻra, «Real» prezidenti Florentino Peres Ronaldu va Messini  yonma-yon oʻtirishini istamoqda. Bu orqali ikki buyuk futbolchi bir-biriga boʻlgan hurmatni namoyish qilgan boʻladi. “River Pleyt” – “Boca Juniors” bahsi 9 dekabrdan 10 dekabrga oʻtar kechasi, Toshkent vaqti bilan 00:30da boshlanadi. Dastlabki uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan.

 

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak