"Barcelona" tarixidagi eng qimmat 10 himoyachi

20 dekabr kuni "Barselona" "Valensiya" himoyachisi Jeyson Murilo bilan kelishib olganini rasman elon qildi.

6 oy uchun "Barselona" levanteliklarga 2,5 million evro to'laydi. SHuningdek, shartnomaga ko'ra, kataloniyaliklar futbolchini mavsum yakunlanganidan keyin 25 million evroga sotib olishi ham mumkin.

Agarda "Barselona" futbolchi bilan to'laqonli shartnoma imzolasa, Murilo jamoa tarixidagi eng qimmat himoyachilardan biriga aylanadi. Bungacha klubning eng qimmat himoyachilari o'nligi shunday ko'rinish olgan:

10. Lyuka DIN - 16,5 million evro

2016 yilning yozida "Barselona" PSJ himoyachisi Din bilan shartnoma imzoladi. U qanotda Jordi Alba bilan raqobat qilishi kerak edi. Biroq ikki yil davomida futbolchi jamoaning asosiy futbolchisiga aylana olmadi. U "Barselona" tarkibida umumiy 46 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi.

2017/18 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin uning xizmatlariga "Everton" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'ldi. Kataloniyaliklar futbolchini 20 million evroga sotishga tayyorligini malum qildi. Ko'pchilik transfer amalga oshmasligi borasida o'yladi. Biroq bu bo'ldi. Din "Everton"ning asosiy himoyachisiga aylandi va har doim asosiy tarkibda o'ynamoqda.

9. Filipp KRISTANVAL - 17 million evro

Kristanval - "Barselona" tarixidagi yana bir franciyalik himoyachi. U 2001 yilda 17 million evro evaziga "Monako"dan "blaugranas" tarkibiga ko'chib o'tdi. U "Barselona"da o'zining maksimal imkoniyatlarini ko'rsata olmadi. 2 mavsum davomida u jamoa tarkibida atigi 47 o'yinda qatnashib, 1 golga assistentlik qildi.

2003 yilning iyulida Kristanval erkin agent sifatida "Marsel"ga o'tdi. Biroq ko'plab jarohatlar va shartnomaga ko'ra oldiga qo'yilgan vazifalar futbolchiga og'irlik qildi. Futbolchi 5 yillik shartnomani to'liq ado eta olmadi. Oradan ikki yil o'tib, u shartnomani bekor qildi va "Fulxem"ga o'tdi. Aynan Londonda u asosiy tarkibdan joy topa oldi. Yana ikki mavsumdan keyin uning jamoasi bilan shartnomasi yakunlandi. Katta davr mobaynida o'ziga jamoa topa olmagan franciyalik 30 yoshida butsalarini mixga ildi.

8. Tomas VERMALEN - 19 million evro

Belgiyalik futbolchi 2014 yilda "Arsenal"dan "Barselona"ga o'tgandi. U "kanonirlar" tarkibida asosiy tarkib futbolchisi hisoblanardi, biroq unga jarohatlar halaqit qilardi. Kataloniyada ham Varmalen yoqimsiz holatlardan qochib qutula olmadi. Aynan jarohatlar uning "Barselona" tarkibida o'zini ko'rsatishiga yo'l bermadi. Hozir esa uni maydonda ko'proq ko'ryapmiz.

Vermalenning "Barselona" bilan shartnomasi 2019 yil yozida yakunlanadi va bu katta ehtimol bilan uzaytirilmaydi. Muriloning transferi Vermalenning "ko'k-anorranglilar" safidagi faoliyatiga nuqta qo'yishi mumkin. Noyabr oyida belgiyalik 33 yoshga kirdi. Uning keyingi jamoasi esa so'nggisi bo'lishi mumkin.

7. Jeremi MATE - 20 million evro

"Barselona" sarflagan ikkita 10 millionni oqlay olmagan yana bir francuz. Mate ham Murilo kabi "Valensiya"dan transfer qilingandi. 2014 yili amalga oshirilgan transfer 20 million evro bo'lgandi. Biroq franciyalik jamoaga moslasha olmadi. Uning xatolari kam bo'lmadi. SHu boisdan jamoadoshlari Matega bo'lgan ishonchlarini yo'qotishdi.

Mate 3 mavsum davomida "Barselona" tarkibida 91 o'yin o'tkazdi va 4 gol urib, 3 golga assistentlik qildi. U klub bilan 2018 yilgacha shartnoma imzolagan bo'lsa-da, tomonlar buni bekor qildi va futbolchi Lissabonning "Sporting" jamoasiga o'tib ketdi. Franciyalik Portugaliya jamoasi asosiy himoyachisiga aylandi. U keyingi mavsumning 29 o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

6. Gabi MILITO - 20 million evro

2007 yilda "Barselona" "Real" tomonidan "chiqit"ga chiqarilgan "Saragosa" himoyachisi uchun anchagina mablag' to'lab, o'zini xavf ostiga qo'ydi. Madriddagilar futbolchining tanasi ko'plab jarohatlardan keyin ancha zararlangan va 20 million evroga transfer qilishdan foyda yo'q deb hisoblashgandi. 2008 yilda bu taxminlar o'z kuchini ko'rsatdi. Futbolchi jiddiy jarohat olib, salkam 1 yildan oshiqroq vaqtga safdan chiqdi.

Yakunda Milito 4 mavsum davomida "Barselona" tarkibida 76 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi va 1 golga hammuallif bo'ldi. U o'yinlar davomida deyarli xato qilmasdi. Biroq jarohatlar futbolchining faoliyatiga jiddiy tasir o'tkazdi. 2011 yilda Milito o'z vataniga qaytdi va "Independente" bilan 3 mavsumlik shartnoma imzoladi. Biroq oradan bir yil o'tib, 32 yoshida faoliyatini yakunladi. SHundan keyin u bir necha jamoalarda murabbiy bo'lib ishladi.

5. Dmitriy CHIGRINSKIY - 25 million evro

2009 yilning avgustida "Barselona" Pep Gvardiolaning istagi bilan "SHaxtyor"ning markaziy himoyachisi, ancha iqtidorli bo'lgan Dmitriy CHigrinskiyga katta summa to'ladi. Ammo ukrainalikning Kataloniyadagi faoliyati o'xshamadi. Buning asosiy sababi - jarohatlar. Undan tashqari, Dmitriyning o'zi ham ko'plab xatolarga yo'l qo'ydi. Buni muxlislar xushtakbozlik bilan kutib olishardi.

Oradan bir yil o'tib, "ko'k-anorranglilar" futbolchini 15 million evro evaziga "SHaxtyor"ga qayta sotib yubordi. Biroq ukrainalik futbolchi oldingi saviyasida o'yin ko'rsata olmadi. Hozirda 32 yoshli futbolchi AEK tarkibida o'ynamoqda. Bu klub bilan u Greciyaning amaldagi chempioniga aylandi. Lazaretda ham kam bo'ladi va ko'p o'yinlarda asosiy tarkibda o'ynamoqda.

4. Samyuel UMTITI - 25 million evro

"Kamp Nou"ni ilhomlantira olayotgani himoyachilardan biri. Umtiti 2016 yilda Franciyaning eng iqtidorli va jahon saviyasidagi yosh himoyachi sifatida "Lion"dan "Barselona"ga o'tdi. Rahbariyat ham himoyachi tanlashda adashmadi. Yo'l-yo'lakay Yumtiti qanday saviyadagi futbolchi ekanligini va asosiy tarkibga loyiqligini isbotlab kelmoqda.

Bu mavsumda Umtiti tizzasidan jarohat oldi va nomalum muddatga safdan chiqdi. Balki aynan shu jarohat tufayli "Barselona" rahbariyati Muriloni transfer qilishga turtki bo'lgandir.

3. Nelson SEMEDU - 30,5 million evro

2017 yili "Barselona" yozda "Benfika" himoyachisi Nelson Semedu uchun uchta 10 million evro sarfladi. Dani Alves jamoadan ketganidan keyin kataloniyaliklarning o'ng qanotida bo'shliq paydo bo'ldi. Semedu buni yopish uchun jamoaga chaqirilgandi.

Bu mavsumda fulbek "Barselona" tarkibida 24 o'yinda qatnashdi va o'zining darajasi unchalik past emasligini ko'rsata oldi. Nelson endigina 25 yoshda. U hali o'sishga erisha oladi.

2. Dani ALVES - 35,5 million evro

Braziliyalik futbolchi 2008 yilda "Sevilya"dan o'tdi va uzoq yillar davomida jamoaning o'ng qanotidan muammosini yopib tashladi. Alves nafaqat himoyada, balki hujumda ham ajoyib o'yinlar ko'rsatdi. Biroq 2016 yilga kelib, "Yuventus"ning taklifini qabul qildi.

U Italiyada bir mavsum o'tkazdi va mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. SHundan keyin PSJga o'tdi. U o'z o'yinlari orqali "Barselona" tarixidagi eng yaxshi o'ng qanot himoyachilaridan biri bo'ldi.

1. Kleman LENGLE - 35,9 million evro

Ro'yxatning katta qismini francuzlar egallab, buning birinchi pog'onasi aynan ularga nasib etmasligi ajablanarli bo'lardi. O'tgan yilning yozida "Barselona" "Sevilya" himoyachisi Kleman Langle uchun 35,9 million evro to'ladi. Uzoq muddatli shartnoma imzolagan futbolchi "Barselona" faxriysi Jerar Pikening o'rnini bosishi kerak.

Hozircha Lengle o'z o'yinlari bilan barchani xayratlantira olmayapti. Bunga uning transfer summasi sabab. Futbolchining bu mavsumdagi o'yinlari WhoScored tomonidan 6,63 baho bilan baholangan. Pikening natijasi sa 7,16ga teng.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak