Messi Dembelening xatolari haqida gapirdi

FC Barcelona v RC Celta de Vigo - La Liga : News Photo

«Barcelona» sardori Lionel Messi jamoa hujumchisi Usmon Dembele haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

«U — maydonda fenomen. U eng yaxshi futbolchilardan biriga aylanishi mumkin. Barchasi oʻziga bogʻliq. Boshqa tomondan u hali yosh. U jamoaga va shaharga moslashish jarayonini boshdan kechirmoqda. U haqida qancha kam gapirsak, shuncha yaxshi. Usmon oʻz xatolarini tushundi va ularni toʻgʻriladi. Dembele oʻz eʼtiborini faqat futbolga qaratishi uchun biz yordam berishga harakat qilyapmiz», – dedi Messi.

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak