Lionel Messi: “Beshinchi ECHLni qoʻlga kiritsam zoʻr boʻlardi”

 

UEFA Champions League'FC Barcelona v Tottenham Hotspur FC' : News Photo

«Barcelona» hujumchisi Lionel Messi oʻz rejalari haqida toʻxtalib oʻtdi.

— Ushbu yilda beshinchi “Oltin butsa”ni qoʻlga kiritdingiz. Gʻalaba qozonishdan charchamadingizmi?

— Bu yaxshi sovrin. Bu tan olinish belgisi. Bu sovrin butun jamoaniki. Agar darvozabon Samora sovrinini olsa, bu ham barcha oʻyinchilarga tegishli boʻladi. Yana bir marta “Butsa”ni qoʻlga kiritganimdan xursandman.

 

— Sizda beshtadan “Oltin butsa” va “Oltin toʻp” bor. Beshinchi Chempionlar ligasi — bu sizga yetishmayotgan narsa emasmi?


— Ha, uni qoʻlga kiritsam zoʻr boʻlardi. Mavsum avvalida aytganimdek, Chempionlar ligasi hamisha muhim musobaqa hisoblanadi. Biz yana bir marta unda gʻolib chiqishni istardik.



— «Barcelona» Chempionlar ligasining ushbu mavsumida yaxshi oʻynamoqda. Sizda oʻzgacha motivatsiya bormi?


— Chempionlar ligasida gʻolib chiqish ishtiyoqi har yili boʻladi. Bu men ishtirok etgan musobaqalar ichida eng ajoyibi. Unda barchasi boshqacha. Biz YECHL sovrinini qoʻlga kiritishni istaymiz, — dedi Messi.

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak