Pique «Barcelona» prezidenti boʻlish uchun faoliyatini tugatmoqchi

Kataloniyaning “Barcelona” klubi himoyachisi Gerard Pique yaqin vaqtlar ichida futbolchilik faoliyatini yakunlaydi deb xabar beradi El Mundo Deportivo.

Manbaning xabar berishicha, ispaniyalik futbolchi 2020 yil butsalarini mixga ilishni rejalashtirmoqda.

Faoliyatini yakunlaganidan soʻng, 31 yoshli futbolchi “koʻk-anorranglilar” prezident saylovida qatnashmoqchi.

Eslatib oʻtamiz, prezidentlikka saylovlar 2021 yilga belgilangan.

Maʼlumot uchun, joriy mavsum Pique “Barcelona” safida 23 ta oʻyinda maydonga tushib 5 ta gol urdi.

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2019-01-04 10:20:13
Shunday FCB saytida xech kim yo'g'a, achinarli holat