Edgar Davids nega ko'zoynaklarini yechmaydi?

Manchester United Legends v FC Barcelona Legends : News Photo

Davids muxlislar va klubdoshlari bilan janjallashmay, murabbiylarga hurmatsizlik qilmayapti hamda futbol simulyatorlari muqovasida ham endi uni ko'rmayapmiz. U biznes va sport marketingi bilan shug'ullanib, deyarli butun umrini samoletda o'tkazmoqda. Shuningdek, u BMT elchisi lavozimida ham ishlaydi. Biroq hamon uning bir jihati hech o'zgarmadi — "ko'zoynaklari".

Davids teleshouda ham, plyajda ham, hattoki tog'ga chiqqanida ham ochki taqadi. Klassik kostyum kiyadimi yoki sport uslubidami kiyinadimi, ko'zoynaklari doim u bilan birga edi. Ko'zoynaklar Edgarning ajralmas bo'lagiga aylangandi. Davids 90-yillarning eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biri bo'lgan. Biroq Edgar shunkaki ochki taqmagan, u glaukoma (surunkali ko'z kasalligi) tufayli ko'zoynak taqqan.

90-yillar oxirida “Juventus” Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi, Davids esa top markaziy yarim himoyachi bo'lib maydonga tushdi. O'yinchi o'zini anglab, yaxshi harakatlana olishida Marchello Lippi unga yaqindan yordam berdi. Uning hech kimnikiga o'xshamaydigan texnikasi muxlislarni aqldan ozdirardi. Davids o'ziga xos jihati bilan Ronaldino bilan tengma-teng harakatlana olardi.

Davids oyoqlari bilan fint qilib, raqibga bosim o'tkazib, to'pni olib qo'yardi. Shuningdek, o'yin ritmini yaxshi his qila olardi. 1998 yil Edgar “Oltin to'p” nomzodlari ro'yxatining top-10taligidan o'rin egalladi. Bir yildan keyin esa faoliyatini yakunlashiga bir bahya qoldi. Sababi shifokorlar futbolchining boshiga to'p zarb bilan teyavergani uchun kasali zo'raygani, ko'z pardasi shikastlanib, ko'r bo'lib qolish ehtimoli yuqori ekanligini aytishgandi.

1999 yil tatilga chiqqan “Juve” o'yinchisi asosiy vaqtini gollandiyalik oftalmolog yonida o'tkazib, davolana boshlaydi. Shifokor tavakkal qilib, u ochki taqqan holda maydonga tushishini maslahat beradi. “Juventus” shifokori Rikkardo Agrikola o'yinchini davolab, maydonga tushishga ruhsat bergunga qadar, chempionatga start beriladi. Oqibatda Edgar birinchi turni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi. Maydonga ochki taqib tushish ham oson bo'lmagan. Lekin FIFA bunga ruhsat berganidan so'ng, u o'zini namoyon etishni boshlaydi. 4 sentyabr kuni Gollandiya termasi Belgiyaga qarshi bahsida Davids yangicha ko'rinishda maydonga tushadi. Edgar bahsni omadli zarba bilan boshlab olib, keyin 4ta raqibini aldab o'tib, gol urishga muvaffaq bo'ladi.

O'sha vaqtlarda Davids “Oakley” markasi ostidagi ko'zoynak taqqan. Kompaniya u uchun maxsus ochki ishlab chiqargan. Ko'zoynak yengil, ixcham plastik lenta bilan o'ralgan va eng asosiysi juda qulay bo'lgan. Edgar ko'zoynakka tezda moslashib ketdi va ularning dizaynini muntazam ravishda o'zgartirib turadigan bo'ldi: terma jamoa o'yini vaqtida olovrang linzali ko'zoynak, “Juventus” uchrashuvlarida esa oq ochki taqib maydonga tushdi.

Bir yil o'tib shifokorlar Davidsga ochki taqmasdan ham maydonga tushishi mumkinligini aytishdi. Edgar faqat EURO-2000 ikkinchi tur Daniya termasiga qarshi bahsda ko'zoynak taqmay o'ynadi. Biroq kelasi o'yinlarda yana ko'zoynaklarini taqib oldi va boshqa yechmadi.
O'sha paytlarda hamma Davidsdek ko'rinishni istar, unikidek ochki taqishni xohlardi. Sport ochkilar urfga kira boshladi. “Racing Jackets” kompaniyasi sport ochkilarini sotishda yetakchilikni qo'lga oldi. “Oakley Pit Bull” esa “afsonaviy” ko'zoynaklar ishlab chiqarmasa-da, ammo bu kompaniya ham faoliyatini muvaffaqiyatli tarzda olib bordi.

Edgar “Nike” bilan ham shartnoma imzoladi. Davids va Bekxem futbolda savdo-sotiq davrini boshlab berishgan. Edgar keyinchalik “Nike Tarj Pro”ning yuziga aylandi. Ochkilar Davids nomi bilan ishlab chiqarildi va tez orada uning ismi brendga aylandi. O'yinchi ham oz fursat ichida mashhur bo'lib ketdi. Hattoki, futboga qiziqmaydigan insonlar ham Edgar Davids desangiz “ko'zoynakli futbolchimi?” deydigan bo'ldi. U yarim yil “Barselona”da to'p tepdi. SHuningdek, “Inter”da, keyinchalik Angliyada o'ynadi.

Edgar “Monta” nomli kiyimlar kolleksiyasini ham namoyish etgan. Bundan tashqari, “Red Bull” kompaniyasi ichki qonun-qoidalarini buzib, ilk bor Davids bilan uzoq muddatli va o'zaro hamkorlik shartnomasini imzolagan. Davidsning marketing sohasidagi g'oyalari omadli chiqdi. Hozirda Edgarning shaxsiy loyiyahalari ham bor. U yirik piar-agentligi “Anomaly” bilan hamkorlik qiladi. SHuningdek, u UEFA sherigi bo'lmish CAFEning direktorlar kengashida ham faoliyat yuritib kelmoqda. Ammo, hamon ko'zoynaklarini yechgani yo'q.

Похожее изображение

Ma'lumot uchun Edgar Davids "Barcelona" safida 2004-yil to'p surib 24ta o'yinda 2ta gol urishga erishgan. 

Nozima Zaripova tarjimasi

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2019-03-29 22:14:32
Zur futbolci
#2 9773343
2019-02-26 21:04:08
Man un u afsona
#1 9773343
2019-02-26 21:03:17
Man shu o‘yinchi tufayli futbolga qiziqa boshlaganman