Atrur bir oyga safdan chiqdi! Messi Atletikga qarshi maydonga tushmaydi.

“Barcelona“ klubi Ispaniya La ligasining 23-turi doirasida boʻladigan ”Atletik“ga qarshi oʻyinda tarkib bilan bogʻliq muammolarga duch keladi
Klub yarim himoyachisi Artur Melo mashgʻulot chogʻida jarohat oldi va bir oyga safdan chiqdi. Bu haqda “Marca” nashri xabar tarqatdi. Shu tariqa, braziliyalik futbolchi YECHL nimchorak final bosqichi doirasida “Lion” va ”Real“ga qarshi Ispaniya kubogi yarim final bosqichining javob oʻyinida jamoasiga yordam bera olmaydi.

Shuningdek, bilbaoliklarga qarshi oʻyinda “koʻk-anorranglilar” yetakchisi Lionel Messi ham maydonga tusha olmaydi. Murabbiylar shtabi argentinalik futbolchini keyingi oʻyinlar uchun ehtiyot qilishni afzal bilishmoqda.

 

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak