Solari “Barcelona” bilan oradagi 12 ochkolik farq haqida gapirdi
La Liga
03.03.2019 | 01:00
26-tur

“Real” bosh murabbiyi Santyago Solari La Liga 26-turi doirasida “Barselona”dan (0:1) uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.

-Biz turli xil o'yin uslublarini sinovdan o'tkazdik, osonlikcha taslim bo'lmadik. Bu har ikkala jamoa uchun jiddiy, qiyin va katta bosim ostidagi o'yin edi. Agar shunday o'ynamasang, g'alaba qozona olmaysan. Agar o'yinni malum qismlarga bo'lib qaraydigan bo'lsak, “Real” o'z o'yinini namoyish eta oldi. Biz nima qilish lozim bo'lsa, hammasini bajarishga erishdik. Bizga faqat gol etishmadi. Raqib darvozasiga 20 ta zarba yo'llashga erishdik. 

-Gol kiritilmaganidan xafamisiz?

-Biz o'z ishimizda davom etishimiz kerak. Ayrim jihatlarni yanada yaxshilash ustida ishlashimiz lozim. 

-“Real”da faqat bitta sovrin yutish imkoniyati qoldi. ECHL....

-Nima uchun bitta?

-Ha, matematik jihatdan olib qarasak La Ligada g'olib chiqish imkoniyati ham bor. Ammo...

-SHubhasiz, 12 ochko sezilarli farq. Ammo biz taslim bo'lmaymiz, oxirigacha kurash olib boramiz.

-Beyl ishonchingizni oqlamadimi?

-Bu taxlit savolga javob berishni istamayman. Barcha futbolchilari imkon boricha harakat qilishdi. Ammo “Barselona” gol urdi, biz esa yo'q. Hamma farq mana shunda. 

-Muxlislar Beylga hushtak chalishdi, Iskoni esa olqishlashdi...

-U klub uchun katta hajmdagi ishlarni bajargan va boshqalar singari hurmatga loyiq o'yinchi. Ammo muxlisarning o'zlariga xos qarorlari bor. 

-Siz Kroosni zaxiraga oldingiz. Bunaqasi kamdan kam ro'y berardi. Uning o'rniga Valverde maydonga tushdi...

-Biz Valverde bilan muvaffaqiyatga erishishga urinib ko'rdik. Yosh futbolchilar o'yinimizni kuchaytirishga erishishmoqda. Yangi nomlar chiqmoqda. Bu futbol. Federiko hali yosh. O'ylaymanki, uni ham Vinisius, Regilonniki singari kelajak kutmoqda,-deydi qirollik klubi murabbiyi.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak