Valverde: “Messi o'zga sayyoralik. U to'p bilan bo'lsa, doim nimadir sodir bo'ladi”
La Liga
03.03.2019 | 01:00
26-tur

“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde La Liga 26-turi doirasida “Real” ustidan (1:0)qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.

-Biz ikkinchi yildan buyon chempionatda taqibchilarimizdan katta ochko bilan oldinda borayapmiz. Vaqt o'tishi bilan bunga munosib baho berishadi. Ammo oldimizda hali uzoq yo'l bor.

-“Real” “o'ldimi”?

-Ular ko'plab bahslarda g'alabaga erishishlari mumkin. “Atletiko” ham bor. Madridni hisobdan chiqarsak, mag'lub bo'lishni boshlab yuborishimiz mumkin.

90 daqiqalik xavotirdan so'ng biz o'zimiz ham hali qanday natijaga erishganimizni his qila olganimiz yo'q. Ammo muxlislarimiz baxtli. Avvalgi bahsda biz o'yinni o'z nazoratimizga olishga uringandik. Biroq kerakli darajada buni amallay olmagandik. Bugun yaxshiroq o'ynadik, deya olaman. 

Agar ikkinchi golni urganimizda, o'yin oxiridagi boshog'riqlardan qutulardik. Biroq raqibga imkon qoldirdik. So'nggi daqiqalarni xavotir bilan o'tkazdik.      

-Messi haqida nima deysiz?

-Uning aytishicha, hammasi joyida. U barcha futbolchilar singari bor kuchi bilan harakat qildi. Messi-o'zga sayyoralik. Har doim u to'p bilan muomalada, nimalardir o'ylab topishga urinadi. 

-Rakitich haqida qanday fikrdasiz?

-Ivan juda tartibli va intizomli futbochli. O'yin boshidan oxirigacha, mavsum boshidan so'nggigacha. Juda qadrli futbolchi. 

-Siz muxlislar ko'z o'ngida ularda o'zingizga bo'lgan ishonchni orttirdingiz...

-Bilmadim. Bilishniyam istamayman. Menga farqi yo'q. Men jamoam yaxshi o'ynashi va g'alaba qozonishini istayman,- deydi murabbiy.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
#1 Lavezzi
2019-03-05 18:57:33
Ассалом алейкум Барселона мухлислари силардан битта илтимос Telegramda Ботир ака очган барселона группа кимда буса илтимос маниям кушворилар у группада кадрли дустларим бориди Музроб Азиз яна бир канча +998903481418