Frenki de Yongning do'sti ham "Barselona"ga o'tadi

"Barselona" qishki transfer oynasida "Ayaks" bilan yarim himoyachi Frenki de Yong borasida kelishib olgan edi.

Gollandiyalik futbolchi uning do'sti, "Ayaks" sardori Mateys de Ligt ham Kataloniya klubiga o'tishini istayotgan edi. "Barselona" himoyachini sotib olishga tayyor, buning ustiga de Ligt ko'k-anorranglilar vakillariga boshqa klub taklifini qabul qilmasligini aytdi. Kataloniya klubi de Ligtni yozgi transfer oynasida xarid qilishi kutilmoqda.

Oldinroq, "Barselona" yarim himoyachi Filippe Koutinoni sotib, de Ligtni sotib olishi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak