“Barselona” asosiy himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachi Xordi Alba bilan shartnomani uzaytirdi.

Ispaniyalik futbolchi yangi shartnomaga ko'ra "ko'kanorranglilar” safida 2024 yilning yoziga qadar harakat qiladi. Kelishuvga ko'ra, futbolchining umumiy tovon puli 500 mln. evroni tashkil qiladi.

Alba 2012 yilda “Valensiya”dan Kataloniya klubi safiga kelib qo'shilgan. 29 yoshli futbolchi “blaugranas” libosida 294ta uchrashuvda qatnashgan va 14ta gol urgan. “Barselona”dagi faoliyati davomida esa 13ta sovrinni boshi uzra baland ko'targan.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak