Pike: "Trebl? Hozircha osmonda uchmaslik kerak"

"Barselona" himoyachisi Jerar Pike "Betis"ga qarshi bahsdan (4:1) so'ng o'z jamoasining joriy mavsumdagi 3ta sovrin yutish imkoniyatlariga baho berdi.

"Trebl? Muxlislar xursandligidan mamnunmiz, ammo osmonlarda uchmaslik kerak. CHempionatda g'olib bo'lishga yaqinmiz. Biroq CHempionlar ligasi chorak finalida qiyinchiliklar bo'ladi.

Messi - o'zgacha futbolchi. Tarixda kuchli o'yinchilar bo'lgan, ammo Leo 14 yildan beri yuqori darajada to'p tepmoqda. U unikal, tarixda bu kabi futbolchilar bo'lmagan.

Muhim uch ochkoga erishdik. Taqibchilar bilan farq bo'lishi muhim, ammo hali o'yinlar ko'p. O'zimizni yaxshi his qilyapmiz" - deydi Pike.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2019-03-19 14:11:02
ЭЙФОРИЯГА БЕРИЛИШГА ВАҚТ БОР ҲАЛИ, ТЎҒРИ ПИКЕ!