Messi butun boshli "Real"dan o'zib ketdi

"Barselona"ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi "Betis"ga qarshi LaLiganing 28-tur uchrashuvida (4:1) jarima zarbasidan gol urdi.
SHunday qilib, Messining so'nggi sakkiz mavsumda jarimadan urgan gollari soni 25taga etdi.

Argentinalik forvard 2011/12 mavsumdan boshlab hozirgacha jarimalardan gol urish bo'yicha butun boshli "Real"dan o'tib ketdi. "Qirollik klubi" futolchilari bu vaqt oralig'ida 24 marta raqib darvozalarini jarima zarbalaridan ishg'ol qilishgan. So'nggi 8 mavsumda jarimadan gol urish bo'yicha faqat "Yuventus" (29ta gol) Messidan oldinda.

Leoning bu ko'rsatkich bo'yicha eng yaqin taqibchilari "Lion" (22), "Roma", PSJ va "Liverpul" (19tadan).

31 yoshli Messi joriy mavsum LaLiganing 26ta uchrashuvida maydonga tushib, 29ta gol urdi va 12ta golli pas berdi.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak