«Arsenal» Denis Suaresni «Barcelona»ga muddatidan oldin qaytarib yubormoqchi

«Arsenal» yarimhimoyachi Denis Suaresni ijara muddati tugamasidan avvalroq «Barselona»ga qaytarib yuborishi mumkin. Bu haqda The Sun xabar beradi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, «to‘pchilar» bosh murabbiyi Unai Emeri xavbek Premer-ligaga moslashib keta olmayapti, deb hisoblamoqda. Shu tariqa, klub uning transfer huquqini sotib olmaydigan bo‘lgan. 2019 yil yozigacha muddatga tuzilgan ijara shartnomasi esa muddatidan oldin bekor qilinishi kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» 25 yoshli Suaresni qishki transfer oynasi vaqtida ijaraga olgandi. U yangi jamoasi safida 6ta bahsda qatnashib, umumiy 95 daqiqa maydonda bo‘ldi xolos.

Denisning «Barca» bilan bitimi 2021 yilgacha mo‘ljallangan.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2019-03-19 12:25:08
Вальвердедан хафа эди айримлар. Мана Денисбекни хақиқий аҳволи. Ўзини кўрсатса ҳар қандай мураббмй асосий таркибда майдонга тушуришни ҳоҳлайди!