"Barcelona" minimal hisobda g'alaba qozondi
Chempionlar ligasi
10.04.2019 | 23:45
Chorak final

“Manchester Yunayted” oʻzida “Barselona”ga yutqazib qoʻydi
Yevropa Chempionlar ligasining 1/4 final ilk bahsidan oʻrin olgan “Manchester Yunayted” – “Barselona” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Old Trafford” stadionida boʻlib oʻtgan oʻyinda mehmonlarning qoʻli baland keldi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi va oʻrtacha tempda davom etdi. Uchrashuvning 12-daqiqasida katalonlar hisobni ochishdi, Lionel Messidan pas qabul qilib olgan Luis Suares toʻpga zarba berdi, uning zarbasi Lyuk Shouga tegib oʻz yoʻnalishini oʻzgartirdi va darvozadan joy oldi.

Shundan soʻng mezbonlar biroz faollikni oshirishdi, ammo tanaffusga qadar raqib darvozasi tomon yoʻl topa bilmadilar.

Ikkinchi boʻlimda ham xuddi shu ssenariy davom etdi. Mankunianlar xarchand urinishmasin oʻyin natijasini oʻzgartira olishmadi.

Shu tariqa, koʻk-anorranglilar javob bahsi oldidan qulay imkoinyatga ega boʻlishdi.

Chempionlar Ligasi
¼ final, ilk bahs

Manchester Yunayted Angliya – Barselona Ispaniya 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 – 12, avtogol Shou.

Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Lindelef, Shou, Yang, Pogba, Fred, Maktomini, Diogu Dalot (Lingard, 74), Reshford (Pereyra, 85), Lukaku (Marsyal, 68).

Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle, Artur (Serdji Roberto, 66), Buskets, Rakitich, Koutino (Vidal, 65), Messi, Suares.

Ogohlantirishlar: Buskets (17), Shou (19), Vidal (71), Lingard (76), Smolling (85).

 

 
 Avtogol L.Shaw 12'
10
Umumiy zarbalar
6
0
Aniq zarbalar
3
33%
To'p nazorati
67%
16
Jarima zarbalari
11
3
Sariq kartochkalar
2
0
Qizil kartochkalar
0
2
Offsayd
0
2
Burchak to'plari
4

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
#1 Hajeme1
2019-04-11 18:54:05
Yarim finalga chiqish uchun yana 1 qiyin o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak. Omad va Olg'a Barca !