Ronaldu yoki Messi? “Real Madrid” afsonalari javob berishdi.

Image result for ronaldo messi

“Jizn  futbol” nashri “Real Madrid” klubi faxriylarining ikki mega yulduz toʻgʻrisida bildirgan fiklarini oʻz rasmiy sayti va “You Tube” kanalida eʼlon qildi. Ushbu maqolani sizlarga ilindik

Raul

Bu futbolchilarni gol mashinasiga oʻxshataman. Har mavsumda 50 tadan gol ura oladigan boshqa bir futbolchini koʻrsata olasizmi? Albatta, yoʻq. Ronaldu oʻz mehnati va shijoati evaziga bu darajaga yetishdi. Uning oʻyinlarini tomosha qilish zavq bagʻishlaydi. Messi haqida ham huddi shu soʻzlarni  bemalol ayta olaman. Bu futbolchilarni solishtirish esa nooʻrin. Bu “Mersedes”ning bir xil narxdagi ikki markasini solishtirgandek gap. Ularni teng kuchli deb hisoblayman. 

Devid Bekxem

Leo Messi juda yuqori tempda futbol oʻynaydi. Uning tezligi va maydonni koʻra bilishi meni bir necha bor qoyil qoldirgan. Ronaldu ham ajoyib oʻyinchi. Ular zamonaviy futbolimizdagi barcha futbolchilardan anchagina kuchliroq. Shunday boʻlsada, men Leoni biroz kuchliroq deb hisoblayman.

Roberto Karlos

Hozirgi kunimizda “Oltin toʻp” sovrinining ahamiyati juda katta. Chunki u yerda futbolni tushunadigan insonlar ovoz berishadi. Shunday ekan, futbolchilarning shaxsiy yutuqlari oʻzlari uchun javob bera oladi deb hisoblayman. Ronaldu oʻz ustida qattiq ishlaydi va mehnatdan qochmaydigan yigit. Uning mashgʻulotlarda qanday ishlaganini koʻrganimda unga qoyil qolaman. Messi va Neymar texnik tomondan u bilan bellasha olishlari mumkin, lekin uchrashuvga maʼsuliyat bilan yondashuv borasida hech kim Krishga teng kela olmaydi.

Rud Van Nistelroy

Ularning qay biri kuchli? Men hali tanlaganimcha yoʻq. Ikkisida ham 5 tadan “Oltin toʻp” mavjud va ular yuqori saviyada oʻynashda davom etishmoqda. Shunday ekan, yaxshisi ularning oʻyinlarini tomosha qilib zavqlanish kerak. Uzogʻi bilan 3 yoki 4 yildan soʻng bu davr yakunlanadi. Ronaldu va Messidan soʻng futbol anchagacha zerikarli koʻrinish olsa, ajab emas.

Luis Figo

Ronaldu va Messini solishtirish har doim qiyin boʻlib kelgan. Avvallari, bu savolga Messi deb javob berar edim. Hozirgi kunlarimizda Ronaldu kuchliroq koʻrinmoqda. Oʻylashimcha, hozirda Ronaldu qolganlarga nisbatan kuchliroq.

Kaka

Avvalari, “Oltin toʻp” uchun sovrinda rotatsiya boʻlar, uni ketma-ket hech kim qoʻlga kiritmas edi. Ularning erasi boshlanishidan oldin men “Oltin toʻp”ni qoʻlga kiritgan edim. Mendan soʻng 10 yil bu sovrinni boʻlib olgan futbolchilarga qoyil qolmasdan ilojing yoʻq. Men ularni ikkisini ham fenomen deb atayman. Agar tanlash kerak boʻlsa, menga Ronalduning oʻyinlari koʻproq yoqadi.

Fabio Kannavarro

Men Messiga qarshi oʻynaganman. Undan toʻpni olib qoʻyishning deyarli iloji yoʻq. Ronaldu ham fantastik oʻyinchi. Agar ikkisidan birini tanlash kerak boʻlsa, men oʻz jamoamda Messini koʻrishni istagan boʻlar edim.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2019-04-15 20:32:41
e figo trreeeee o't yo'qal o'o'o'netga