Ernesto Valverde "MU"ga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida qatnashdi (to'liq)
Chempionlar ligasi
16.04.2019 | 23:45
Chorak final

"Barcelona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde ECHL doirasida "Manchester United"ga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida qatnashdi.

"Raqibning rejalari qanday ekanligini bilmayman. Biroq jamoaning ECHLdagi natijalari barchasini aytib turibdi - MU4 safar o'yinining 3tasida g'alabaga erishdi. "Juventus" va PSJga qarshi o'yinlarda MUso'nggi daqiqalarda g'alaba golini kiritdi. Biz o'z o'yinimiz va kuchli qartalarimiz haqida o'ylashimiz kerak.

Biz safarda gol ura oldik. Biroq bu hech nimani anglatmaydi. O'zimizning imkoniyatlarimiz haqida gapirgim kelmayapti. Shunchaki, MUo'z darvozamiz uchun zarba berishga imkoniyat qoldirmaslikka harakat qilamiz. Hech qaysi vaziyatda biz o'zimizda ustunlik borligini eslamasligimiz kerak. Bu axmoqlik bo'ladi.

MU kuchli tomonlari ko'p. Jamoa g'oliblik ruhiga ega. Aynan maydonda biz raqibdan ustun ekanligimizni ko'rsata olishimiz kerak.

"United" ilk daqiqalardanoq hujumga tashlanadimi yoki yo'q, bilmayman. Ular taxminan o'tgan safar o'yinlaridagi taktikani ishlatishadi. MYUning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. SHu boisdan darvozamiz oldida yaratilayotgan barcha vaziyat golga aylanmasligi kerak. "Qizil iblislar"ga bo'sh hudud ochib bersa, bizni jazolay oladi.

Yarim finalga chiqishga intilamiz. Ammo raqib juda jiddiy. Huddi biz kabi juda kuchli. Bu erdagilarning barchasi tushunib turibdiki, yarim finalga chiqish to'sig'i anchagina zalvorli. Buni unutmaslik kerak", - dedi Valverde.

 Messi 16', 20'
P. Coutinho 61'
 
13
Umumiy zarbalar
9
6
Aniq zarbalar
3
66%
To'p nazorati
34%
10
Jarima zarbalari
15
1
Sariq kartochkalar
0
0
Qizil kartochkalar
0
0
Offsayd
3
8
Burchak to'plari
3

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2019-04-16 17:33:47
Kimlagadur MasterKlass!!!

Davay Valverde. Bolapaqirladi CamNouda bir tumtaraqe qp tawagin)))