Valverde "trebl" haqida so'z ochdi

Barcelona bosh murabbiyi Ernesto Valverde mavsumni oltin xet-trik bilan yakunlash haqida fikr bildirdi.

“Mavsum boshida «Barcelona» hozirgi holatga yetib kelishini taxmin qilgandim. Chunki, har doim yaxshi tomonini kutasan. Biz uchta titulni qo'lga kiritishimiz yoki hech narsasiz qolishimiz ham mumkin.  Har bir o'yin finalga tengdir. Ko'ramiz barchasi qanday yakun topar ekan”, – deya qayd etgan 55 yoshli ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, «ko'k-anorranglilar» hozirda uchta frontda ijobiy natija qayd etmoqda. Klub LaLigada 77 ochko bilan peshqadam bo'lib turgan bo'lsa, ECHLda finalga chiqish uchun «Liverpul» bilan kurash olib boradi. SHuningdek, kataloniyaliklar 25-may sanasida Ispaniya kubogining finalida "Valencia"ga to'qnash keladi.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak