Fabregas Mbappe haqida: "Ronladuga o'xshashlikni ko'ryapman"

"Monako" yarim himoyachisi Fransesk Fabregas PSJ hujumchisi Kilian Mbappening o'yini haqida fikr bildirdi.

"Har safar Mbappega qarasam, u bilan birga maydonda o'zimni tasavvur qilaman. Kilian har doim harakat qiladi, tanasa to'g'ri yo'nalishga aylanadi va himoyachilardan qochib ketadi. Do'stlariga shunday deyman: "Agar men u bilan o'ynasam, ko'ngilxushlik qilgan bo'lardim. 
Agar Mbappe shu ruxda davom etsa, kamtarlikni saqlagan holda o'qib, o'rganish va o'sishdan to'xtamaydigan bo'lsa, tartib va sovuqqonlikni saqlab qola olsa uning imkoniyatlari cheksiz.
U Messi va Ronaldu bilan bir darajadami? Kilian buni isbotlashi kerak. Men uni ikkinchi Messi sifatida tasavvur qila olmayapman. 
Krishtianu Ronalduning fikrlashi uni aqlbovar qilmas darajaga olib chiqdi. Lekin, Mbappeda shunga o'xshashlikni ko'rmoqdaman. Kilian "eksklyuziv" o'ynashni odat qilgan. U o'ziga ishonadi, yangi narsalarni urinib ko'rishdan qo'rqmaydi, juda yosh va kuchli xarakter egasi" - deya Seskning so'zlarini keltiradi beIN Sports nashri. 

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak