Luis Suarez "Liverpool"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng intervyu berdi.

"Barcelona" hujumchisi Luis Suarez UEFA Chempionlar Ligasi yarim final javob uchrashuvida "Liverpool"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng intervyu berdi.

"Biz klub tomon uchib kelayotgan o'qlarga ko'kragimizni tutib, qalqon bo'lib turib berishimiz lozim. Biz o'zimizga juda tanqidiy yondashishimiz kerak. Lekin asosiysi, muxlislardan, bizning oilalarimizdan, farzandlarimizdan uzr so'rashimiz shart. Bularning hammasi bizning ularga bo'lgan munosabarlarimiz sababli bo'ldi.  Xuddi shu narsa bizda ikkinchi bor sodir bo'lyapti. Biz ketma-ket ikkinchi marta xuddi shu xatoni takrorlamasligimiz kerak edi."

"Bu narsalar "Barcelona" kabi klubda ro'y bermasligi lozim. Biz bir jamoa bo'la olmadik. Bir daqiqada ikkita gol o'tkazib yubormaslik kerak. Biz juda ko'p narsani qayta ko'rib, o'rganib, bir xulosaga kelishimiz kerak"

"Liverpool" o'zi xohlagan narsasini uddaladi – tezkor gol urdi. Ular birinchi daqiqadan so'nggi daqiqalargacha o'zlariga ishonishdi"

"Biz o'zimizni futbolimizni ijro etdik. Bosh murabbiy birinchi o'yinda bir yondoshuvni aniqladi va  xuddi shu narsani davom ettirishga harakat qildi. Biz o'zimizning munosabatlarimiz va siz bugun ko'rgan narsalaringiz uchun kechirim so'rashimiz kerak!"

"To'rtinchi goldagi vaziyatda biz huddi yosh bolalardek ko'rindik. Biz hozir tanqidlar ostida qolishimizni tushunishimiz kerak. Biz juda xafa bo'ldik, bizga juda og'ir. Lekin biz professionallarmiz"

"Biz katta odamlarmiz va o'zimiz qilgan ishimizga o'zimiz javob berishimiz kerak. Bizda o'zimizni oqlash uchun hech qanday sabab yo'q. Barchadan uzr so'raymiz"

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2019-05-09 19:34:09
Yozadiganla judayam kamayib ketibti faqat qaragan kozla bor kelila fanatdoshla shu saytti rivojlantirilik birlashilik Admin janoblari siz ham biroz aktivlashin
2019-05-09 19:31:54
Qadirli Barselona muhlislari barselona haqida kop gapirdik bolib otkan oyin haqida kop muhokamala qildik bunga sabab biza oz kamadamizaga sodiqligimizadan, lekin kop asabiylashisham tori kemidi. Hayot davom etadi hali bunaqa kotta oyinla kop boladi va albatta u oyinlada Hudo hohlasa bizani kamandamizani qoli balan keladi. Bizani yerga urmoqchi boganlaga bitta gap birovi ustidan nima dip kulsen ozin ham huddi shu kunlarga
#5 Mir_02-
2019-05-09 09:35:31
Hamma uyinchilarni mahorati, texnikasiga gap buliwi mumkin emas, lekin barca liverpuldek jangovor, shijoat bilan uymaw kk edi. Bunaqa katta pressing qilayotgan jamoaga taktika bn uymaw bulmaydi. Raqib qanday uynagan bulsa, wunday javob qaytariw kk edi. Lekin nma bulsa buldi, barcadan bu xatoni bowqa takrorlamasligini surab qolar edik.
2019-05-09 09:10:23
o'ng chap himoyani beton qilish kere, zahira himoyachilari darajasi kak asosiydegi o'yinchilardek busa zur bulardi
liverpulda siti real nikiga o'xshab
2019-05-09 09:07:41
vermalen, murilo, boateng, coutinyo lardi sotish kere bekorga pul ketkazmasdan
2019-05-09 09:06:07
Barselonaga haqiqiy sher himoyachilar kerek, liverpul himoyachilariga o'xshagan

2019-05-09 02:57:33
Katalanlar mashinalarini qanday qilib o'z maqsadlari deb biladilar

Va buni tezda tushunish kerak.

Raqiblarning zaif tomonlari aniqlanadi

Va bularning barchasi kuchli zarba.

Messi uzoq vaqtdan beri bizning klub boshlig'i bo'lib kelgan,

Messi har doim yaxshi natijalarga erishadi.

Rakitech barcha paslarni o'tkazib yuboradi,

Messi jamoa qiyinchiliklaridan qutqaradi.

Legle himoyada yaxshi o'ynaydi,

Ter Stegen darvozasini himoya qiladi.

Suarez va Dembele vaziyatlar bor,

Ular doimo porlash vaqti bor.

Ular doimo eng yaxshi deb nomlanadi

Ular bir-birini yaxshi tushunadilar.

Hammasi birgalikda to'p surishadi va salqinlashadi

Barchasi boshqalardan ajralib turadi.

Barselona mukammal klub,

Agar siz tushunmaydigan bo'lsangiz, unda siz juda ahmoqsizsiz.

Ular, ular, eng yaxshilari bo'lishgan

Stadionlar chizilmasin.
 
Mes que un club Barcelona